Suyaklaming shu tariqa yumshab qolishi osteomalyatsiya deyiladi. Qonda
kalsiy kamayib, suyaklanish jarayonlarida katta ahamiyatga ega bo‘lgan
fosforli kalsiy tuzlarining yetishmasligi kuzatiladi. Raxit paytida hayvon
o'sishdan qoladi, anemiya-kamqonlik, ishtahaning yo‘qolishi kabi hollar
kuzatiladi. Yozda organizmning D vitaminga bo‘lgan ehtiyoji hayvonlar
terisidagi 7-degidroxolesterinning quyosh nuri ta’sirida D
3
vitaminga
aylanishi tufayli qisman qoplanadi. Shu sababli D vitaminga muhtojlik
asosan qishda, hayvonlar qorong‘i joyda boqilganda, quyosh nuri
kamayganida kuzatiladi. Qishloq xo‘jalik hayvonlarining D vitaminga
bo‘lgan sutkalik talabi 100kg. tirik vazniga nisbatan olganda 500-1500mg.
halqaro birlikka teng. Parrandalar tuxumga kirgan davrda ularga D vitamin
juda zarur. D vitamin organizmga haddan tashqari ko‘p kiritilsa, unga
zaharli ta’sir qiladi. Ayni vaqtda suyaklar haddan ortiq ohaklanib ba’zi
ichki organlarda ham ohak to‘planadi.
17-Jadval.
Turli oziqalardagi D vitamin miqdori (lkg.ozuqada, halqaro birlik
hisobida)
Ozuqalar
Vitaminning miqdori
1.
Pichan(quyoshda quritilgan)
550
Dostları ilə paylaş: