Marganets kamchiligiga eng sezgir hayvonlar parrandalardir,
Marganefs-
ning yetishmasligi natijasida ularning oyoqlari, patlarida deforraatsi-
yalovchi kasalliklar paydo bo‘ladi.
Ruh. Organizmdagi barcha hujayra va to‘qimalarda uchraydi. Jigarda,
me’da osti bezida, jinsiy bezlar, suyak va muskullarda sezilarli miqdorda
ruh bor. Qonda ruh miqdori juda kam. Butun organizmdagi ruh miqdori
taxminan 2-3mg.% ga yaqin,organizmga ruh mutlaqo kiritilmasa,
hayvonlar o‘sishdan to‘xtaydi, rivojlanishdan qoladi. Ruhning organizm
uchun eng muhim ahamiyati shundaki, u nafas olish jarayonlarida ishtirok
etadigan karboangidraza fermentining tarkibiga kiradi. Ruh tuzlari gipofiz,
me’da osti bezi, jinsiy bezlar gormonlarini aktivlashtiradi degan dalillar
mavjud. Ion holatidagi ruh dipeptidaza fermentlarini aktivlashtiradi.
Organizmdan ruh asosan axlat bilan chiqariladi.
Stronsiy va seziy. Srtonsiy kam miqdorda hayvon suyaklari tarkibida
uchraydi. Hayvonlarda stronsiy yetishmaganda ularda stronsiyga aloqador
raxit kasalligi paydo bo‘Iadi. Bu paytda hayvonlarning organizmida
suyaklashish jarayonlari buziladi. Bu kasallikni D vitamin yordamida
davolab bo‘lmaydi. Stronsiy va seziy atom portlashida atom yadrosininig
parchalanishidan hosil bo‘iadigan mahsulotlar (radionuklidlar) sifatida
keyingi vaqtlarda e’tibomi tortmoqda. Radiaktiv stronsiy (Sr-90) va
radiaktiv seziy (Cs137) yadro bombasi portlaganda hosil bo‘lib, tuproqqa
qo‘shiladi va undan yem-xashak orqali hayvonlarga o‘tib nur kasalligiga
sabab bo‘liadi mumkin.
Brom. Hayvonlarning organizmida uncha ko‘p bo‘lmaydi. Bu
element asosan gipofiz gormonlari tarkibiga kiradi. Bosh miya yarim
sharlarining po‘stlog‘ida kuzatiladigan tormozlanish jarayonlariga ta’sir
qiladi. Uyquga sabab boMadigan gormonlar tarkibida uchraydi.
Ftor. Suyak to‘qimasi va tish emalining tarkibiga kiradi. Ftoming
yetishmasligi natijasida tish emali yemiriladi. Bundan tashqari, ftor ayrim
fermentlaming ta’sir qilishiga to‘sqinlik qilib, modda almashinuvini
pasaytirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: