SUV ALMASHINUVI Voyaga yetgan odam uchun bir kecha-kunduzda 2,5—3,0 L suv talab
qilinadi va ulami ozuqalar tarkibida va ichimlik suvi bilan qabul qiladi
deyarlik xuddi shuncha miqdordagi suv tashqariga chiqariladi. Agarda
tashqi muhit harorati tana harorati bilan teng bo‘lsa, voyaga yetgan odam
bir kecha-kunduzda 450 g suvni bo‘g‘lantiradi.
241
Suvga boigan talab organizmni o‘rab turgan muhit haroratiga,
oziqlanish xarakteriga va ayniqsa ozuqa tarkibidagi tuz miqdoriga bogiiq
holda jiddiy o‘zgaradi. Masalan, issiq sexlarda yoki issiq jazirama
sharoitida ishlaganda bir kecha-kunduzlik ozuqalar tarkibidagi va
ichimliklar tarkibidagi umumiy suvga boigan talab 10 L gacha ortadi.
Bundan tashqari suv organizmning o‘zida ham to‘yimli moddalaming
oksidlanishi natijasida hosil boiadi.
100 g to‘yimlx modda to iig ic h a
oksidlanganida hosil boiadigan suv; oqsillar oksidlanganda -41 ml,
kraxmal-55 ml yog‘ oksidlanganida esa 107 ml suv hosil boiadi.
Organizmda organik moddalaming parchalanishidan hosil boiadigan
har 420 Dj energiyaga 12 ml suv hosil boiadi va 1-kecha-kunduzda bu
hajm 300 ml.ga yaqin boiadi.
Hatto katta miqdorda suv iste’mol qilinganidan keyin ham aylanuvchi
qonning plazmasi qisqa muddatda 15 % dan oshmaydi.
Voyaga yetgan odamning organizmiga 1-kecha-kunduzda, ichimlik
suvi bilan 1200 ml va ozuqalar tarkibida 1000 ml.suv tushadi. Odam
organizmidagi suvning miqdori gavda og‘irligiga nisbatan 65 % ni tashkil
etadi (45 dan 70 % gacha).
Organizmdagi umumiy suvning eng ko‘p miqdori hujayralar ichida -
71 % hujayra tashqarisida - 19 % va aylanib yuruvchi qon, limfa va orqa
miya suyuqligida - 10 % saqlanadi. Kam miqdordagi suv oqsillar bilan
birikkan boiadi va u 4 % dan ortiq bo imaydi. Odatda organizmdagi
suvning miqdori, undagi yog‘ning miqdoriga bogiiq boiadi, yog‘ qancha
ko‘p boisa, suv shuncha kam boiadi.
Qon plazmasida suvning miqdori 92 % ni tashkil etsa, haZm
shiralarida 98-99 % va undan ham ko‘proq boiadi.
Ovqat hazmi kanalidagi suvning ichki almashinuvi, ya’ni hazm
shiralari tarkibida ajraladigan va uni hazm kanalidan qayta so‘rilishi bir
kecha-kunduzda o‘rtacha
8 l.ni tashkil etadi.
Bir kecha-kunduzda odam organizmidan siydik bilan 1,5 1, najas
bilan -100-200 ml, teri orqali-500 ml, va o‘pka orqali -350-400 ml suv
ajratiladi. Organizmga kirayotgan suvningn miqdori sogiom odamlarda
chiqarilayotgan suv miqdoriga teng boiadi, shu y o i bilan tanadagi suv
muvozanati ta’min etiladi. Suv almashinuvi mineral almashinuv bilan
uzviy bogiiq. Tuzlaming gipertonik eritmasi organizmga kiritilganida
suvning siydik bilan ajralishi ortadi. Organizmdan natriyning chiqarilishi
kamayganida, suvning ajratilishi ham kamayadi. Qon plazmasida va
to‘qimalarda natriy va kaliyning almashinuvi hujayra ichi va tashqarisidagi
suvning nisbatini aniqlaydi.
242
Mineral moddalar almashinuvi boshqarilishining gormonlar ishtir
kida (buyrak usti bezi po‘stlog‘i, qalqonsimon bezoldi bezchalari va h.k
bajaralishi suv almashinuviga ta’sir qiladi.