Asosiy staninaga (7) gidrosilinr {2)o'rnatilgan. Stanok sozlash, yarim avtomatik va avtomatik rejimlarda ishlaydi. Stanokning ish sikli boshqarish pulti (J) yordamida sozlanadi. Ishlov o'tadigan zagotovka tayanch planshaybasiga (4)to'g'ridan-to'g'ri yoki planshaybaga o'rnatiladigan oraliq moslama vositasida mahkamlanadi. Protyajka (5) o'zining orqa dastasi bilan karetka (7) patroniga o'rnatib mahkamlanadi. Protyajkaning chap qulflanadigan qismi kuch silindri (2) ning shtokiga o'rnatiladigan maxsus patronga biriktiriladi. Protyajkaning zagotovkaga yaqinlashuvi va uzoqlashuvi qo'shimcha stanina (8)dajoylashgan gidrosilinr yordamida bajariladi. Protyajka tushib ketmasligi uchun u roliklar (6) ustida yotadi.
Rasmda zagotovkalarda ichki sidirilgan teshikIarning profil-lari—doiraviy, shponka pazi, shlitsli, uchburchak, kvadrat va oval shaklidagi teshiklar (a),zagotovkani sidirish sxemasi (b)va protyajka kesuvchi qismi tishlarining profili (^0 ko'rsatilgan. Tashqi yuzalarni sidirish stanoklari vertikal (13.8-rasm) va gorizontal variantlarda, protyajka o'rnatiladigan bir, ikki va bir necha
Tashqi protyajkalashda reyka, tishli g'ildirak va sektorlarda tishlar, ariqchalar, riflar ishlanadi.
7A720D modelli vertikal-sidirish stanogida tortish (bosim) kuchi 196 kN, karetkaning yurish masofasi 1250 mm, ishchi yurish tezligi viy=T.5-ll m/min, yuritma elektr dvigateli quvvati 20 kW. Mustaqil tayyorlanish uchun savol va topshiriqlar Randalash, o'yish va sidirish stanoklari guruhining umumiy xarak-teristikasini ta'riflang va stanoklarning asosiy tiplarini keltiring.