SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
969
daromadlarni taqsimlashda tengsizlikning yanada kuchayishiga olib keladi. Shu sababli, ushbu
evolyutsiya rivojlanayotgan mamlakatlarga qiymat yaratish va imtiyozlar nuqtai nazaridan
qanday ta'sir qilishini va mavjud vaziyatni yaxshilash uchun nima qilish kerakligini tushunish
muhimdir. Raqamli platformalar global iqtisodiyotda tobora muhim rol o'ynamoqda. 2017-
yilda bozor kapitallashuvi 100 million dollardan ortiq bo‘lgan platforma kompaniyalarining
umumiy qiymati taxminiy 7 trillion dollardan oshdi, bu 2015- yilga nisbatan 67 foizga ko‘pdir.
Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum segmentlarda juda kuchli bozor pozitsiyalariga ega
bo‘ldi. Misol uchun, Internet qidiruv tizimining taxminan 90% Google tomonidan ishg'ol
qilingan. Facebook global ijtimoiy media bozorining uchdan ikki qismini egallaydi va 90% dan
ortiq mamlakatlarda eng ommabop ijtimoiy media platformasi hisoblanadi.
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar
asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat,
aynan, ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab- quvvatlagan holda qulay ekotizmni
yaratishi lozim. Click, Payme, M-bank, Upay, Oson va boshqa onlayn toʻlovlarga imkon
beruvchi toʻlov tizimlari mavjud boʻlishiga qaramay mobil toʻlovlar, internet, kommunal
toʻlovlar uchun onlayn toʻlovlarni amalga oshirish koʻrsatkichi yuqori emas. 2017-yilda 34 foiz
hisob egalari raqamli toʻlovni amalga oshirgan. Solishtirish uchun bu koʻrsatkich Buyuk
Britaniyada 96 foizga teng. Bizda shu sohani rivojlantirib elektron tijoratni,elektron
o’tkazmalarni rivojlantirishimiz zarur.Raqamli to’lov O’zbekistonda 34 foizni tashkil etayotgan
bo’lsa,biz bu ko’rsatkichni 100 foizga chiqarish zarur.
Avvalo, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “qora iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki, raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez
taqdim etadi. Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu
faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji yo‘q, kompyuter hammasini namoyon qilib
qo‘yadi. Ma’lumotlar ko‘pligi va tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l bermaydi, chunki
tizimni aldash imkonsiz. Natijada “iflos pullarni” yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va
maqsadsiz sarflash, oshirib yoki yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi. Bu esa iqtisodiyotga
legal mablag‘lar oqimini oshiradi, soliqlar o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanadi, budjet taqsimoti
ochiq bo‘ladi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘g‘irlanmaydi, maktablar,
kasalxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq yetib boradi va hokazo.
Hamda, davlatning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot
texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar
ochib beradi. “Raqamli texnologiyalar” tomon burilishga butun jahon internet tarmog‘i va
sifatli aloqaning rivojlanishi sababchi bo‘ldi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda bu tizimdan
foydalanuvchilar oziq-ovqat, turli parfyumeriya va zamonaviy kiyim-kechak mahsulotlariga
buyurtma berish uchun Telegram botlaridan faol foydalanmoqdalar. Shuningdek, turli internet
do‘konlar, elektron to‘lov tizimlari ham faol rivojlanib bormoqda. Demak, fuqarolarimiz
elektron bitimlarni amalga oshirishga ishonyaptilar. Faqat hozirgi kungacha foydalanuvchilar
katta xarajatlar talab qilmaydigan kichik bitimlarni amalga oshirmoqdalar, o‘rtacha xarid
hajmini oshirishga esa unchalik tayyor emaslar. Endigi masala o‘rtacha va yirik iqtisodiy
bitimlar va moliyaviy operatsiyalarni raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirishni
rivojlantirishdan iborat.
Xulosa qiladigan bo‘lsak raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘li bilan insoniyat
yashash tarzini ancha osonlashtirgan bo‘lamiz, uning o‘sishi albatda xukumat boshqaruviga
SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
970
ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi chunki raqamlashtirish bilan ko’plab korrupsiyalarni va
jinoyatlarni oldini olgan bo‘lamiz va albatta mamlakat rivoji sezilarli rivojlantiradi.