Hozir respublikaning qaysi hududlarida chorva hayvonlarining virus bilan zararlanish holatlari ko‘paygani borasida sizlarda aniq tahlillar bormi? — Har bir viloyat, har bir tumanda yuqumli kasalliklar bo‘yicha alohida mutaxassis o‘z ishini amalga oshiradi. Ularning lavozimini nomini epistolog deyiladi. Har haftalik ma'lumot umumlashtirilib, bizga yetkaziladi. Hozirda ushbu kasallikka o‘xshash, mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, turli hududlarda uchrab turibdi.
— Qaysi hududlarda? — Siz aytib o‘tganingizdek, Samarqand, Andijon viloyatlarida uchragani kabi yana bu kasalliklar to‘g‘risida xabarlar ushbu viloyatlarga chegaradosh hududlarda ham uchrab turibdi. Lekin hozir juda jadal tarzda tashxis ishlari olib borilmoqda va kelasi haftagacha oxirgi tashxis qo‘yilishi kerak. Kasallikni qo‘zg‘atuvchi agentini topishimiz kerak.