Page 13 NATIJA RDBda ishlov berish odatda ISO 7 bit tili yoki G va M kod tili deb nomlanadigan
tilda dasturlashtiriladi. G va M kod tili Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) va
elektron sanoat assotsiatsiyasi (ESA) qoidalariga asoslanadi [11-15].
Afzallilari:
Dasturni ishlab chiqishda deyarli cheksiz imkoniyat.
Har qanday jarayon parametrlarini o’zgartirish imkonini beradi (masalan, kesish
tezligi, kesish chuqurligi, surish miqdori va h.k.).
Ko'p CAM tizimlariga qaraganda RDB dasturlarini samaraliroq chiqaradi.
Kamchiliklari:
G-kod dastrulash tilini bilish talab qiladi.
Qo'lda hisob-kitoblar va tekshirishlarga ko'p vaqt sarflanadi
Ko'p sonli hisob-kitoblar dasturchi xatosi ehtimolini oshiradi
RDB dasturchisining to'liq ishtirokini talab qiladigan qiyin jarayon
Ushbu darajadagi dasturlarni amalga oshirishga dasturlovchi ishchilar
yetishmasligi
2. RDB boshqaruv panelida dasturlash. Ushbu usul klaviatura va displey yordamida to'g'ridan-to'g'ri RDB dastgohi
boshqaruv panelida dasturlarni yaratish va kiritishdan iborat. Bunda boshqaruv panelida
detalga ishlov berish uchun kerakli parametrlar kiritiladi [16-21]. Masalan, Dastgoh
shpindelining aylanish chastotasi, surish miqdori, detalnig joylashuvi, Kesuvchi
asbobning koordinataari va h.k.
3-rasm. RDB parmalsh dastgohi va uning boshqaruv paneli yordamida detalga
ishlov berish dasturini tuzish.
Afzalliklari
O'rganish oson va ishlatish uchun oddiy.
Dastur yozish uchun G-kod talab qilmaydi.
O'rnatish va dasturlash vaqtlari qisqartirildi
Kamroq dasturiy xatolar.
CAM tizimiga qaraganda ancha tejamkor