[3]. Ishlab chiqaruvchi firmalarning internet orqali bevosita sotuvlarni tashkil qilishi,
elektron vitrinalardan foydalanish, tarmoq va tarmoqlararo virtual birjalarni tashkil
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 1, февраль, 2019 йил
4
Hozirgi paytda jahondagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Xitoy,
Yaponiya, Evropa Ittifoqi mamlakatlari, Rossiya va boshqalar), jahon iqtisodiyotida
ro„y berishi boshlangan o„zgarishlarni jisobga olgan holda, iqtisodiyotning ko‟pchilik
tarmoqlarini raqamlashtirish bo‟yicha jadal harakatni boshlamoqdalar. Lekin, bu
ma‟lumotlarni nazarda tutgan holda shuni qayd etishga majburmizki, bironta,
jumladan, yetakchi mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o‟zi nima ekanligi va u
kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida to„laqonli falsafiy
tushunish yo„q. Ko„rinib turibdiki, raqamli iqtisodiyot deganda, ko„plab mamlakatlar
iqtisodiy munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste‟molchilar
bilan kommunikatsiya qilish va to„lovlarning yangi elektron raqamli shakllarini
tushunadi, holos. Aftidan, ko„pchilik mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ongli
ravishda tashkil etmaydilar, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni raqamlashtirish
jarayoni bilan shug„ullanadi, xolos. Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonining ba‟zi
yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlar tanlab olishgan [5]. Masalan,
AQSH bozor yo„nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan
mamlakatlar ma‟lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib
o„tishni kerakki, xuddi Xitoy kabi, AQSH dasturi nuqtai-nazaridan ham iqtisodiyotni
raqamlashtirish jarayonida biz globallashuvning yangi bosqichini ko„ramiz.
Dunyodagi eng kuchli ikkita iqtisodiyot sifatida AQSH va Xitoy uchun globallashuv
foydali, chunki iqtisodiy jihatdan kuchliroq bo„lgan o„yinchi doimo o„z ustunligini
namoyish etish imkoniyatiga ega bo„ladi. Agar bu sohadagi AQSH ning ko„rib
chiqadigan bo„lsak, raqamli iqtisodiyotni tashkil qilish jarayonini to‟rt asosiy blokka
ajratish mumkinligi ma‟lum bo„lib qoladi:
1.Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun kerakli bo‟lgan shart-sharoitlarini
yaratish (ya‟ni, tegishlinormativ-huquqiybaza tashkil qilish);
2.Raqamli transformatsiya qilinishga eng tayyor bo‟lgan iqtisodiyot
sub‟ektlarida raqamli iqtisodiyot platformalarining vujudga kelishi va global
miqyosda ishga tushushi;
3.Raqamli iqtisodiyot platformalarning o‟zaroraqobat kurashi va ularning asta-
sekinlik bilanintegratsiyalashuvi amalga oshishi;
4.Raqamli iqtisodiyot sohasidagi eng perspektiv yechimlarni butun iqtisodiyotga
joriy qilish.
Biz ham mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning AQSH va
Xitoy mamlakatlarida sinovdan o‟tgan huddi shunday strategiyasini tanlaganimiz
maqsadga muvofiq bo‟lar edi.
Dostları ilə paylaş: