Keywords: digital economy, digital currencies, digital platforms, ecosystem, Industry 4.0, 3D-printers, cloud technologies, kraudsorsing, kraudfunding.
KIRISH Hozirgi zamonda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo’yicha katta ishlar amalga oshirimoqda [1,2]. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va halq oldida ko’ndalang bo’lib turibdi. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba’zi bir yo’nalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan muhokama qilinadi. Avvalo shuni aytish kerakki, raqamli iqtisodiyot o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanjiridan iborat bo’lib, uning ajralmas elementi zanjirlararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, data markazlararo) raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o’tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o’sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta’minlab beradi. O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga tadbiq qilish eng kami bilan quyidagilarga erishishga imkon beradi [3]:
Yangi texnologiyalar yaratishga halaqit berayotgan huquqiy to’siqlarni yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi;
Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, tarmoqlar, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, texnik va dasturiy ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi;
Ta’lim tizimining har tomonlama rivojlanishini va yangilanishini ta’minlaydi;
Mamlakatdagi turli-tuman kompaniyalarning, firmalarning, davlat korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi;
Raqamli iqtisodiyot sohasida faoliyat ko’rsatadigan ko’plab tashkilotlar hosil bo’lishiga olib keladi.
Ushbu raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturi quyidagi maqsadlarini amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak [4]:
O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish;
Mamlakat raqamli iqtisodiyot tizimining institutlari va infratuzilmasini yaratish;
Respublikaning barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi information jamiyat tashkil qilish uchun kerakli bo’lgan barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Global miqyosda va global bozorlarga respublikamizning raqobatbardoshliligini oshirish.