Raqamli iqtisodiyot va uning moliyaviy texnologiyalar bilan aloqasi


Educational Research in Universal Sciences



Yüklə 76,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü76,4 Kb.
#206727
1   2   3   4   5   6   7
39-45

Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 13 | 2023
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023 
42
 
Dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning eksportini esa 10 
baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish” belgilangan [1].
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, bugungi kunda raqamli ko‘rinishdagi ma’lumotlarni 
saqlash, qayta ishlash va uzatish iqtisodiyot tarmog‘ida asosiy o‘rinni egallamoqda. 
Odatiy ish yuritish bilan taqqoslaganda katta miqdordagi ma’lumotlarni saqlash, qayta 
ishlash, uzatish va tahlili turli xil tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish hamda 
yetkazib berish imkoniyatini beradi. Raqamli iqtisodiyot alohida tarmoq emas, aslida, 
u “bilimlar iqtisodiyoti”ga asoslangan zamonaviy jamiyat va uning faoliyat sohalari 
rivojlanishining yangi tayanchi, turmush tarzidir. Axborot asosiy iqtisodiy resursga 
aylanib bormoqda, uni olish, saqlash va tarqatish jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin 
tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston - 2030” 
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 
Farmonida “Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini 
hal 
qilish hamda 
axborot 
texnologiyalari 
sohasidagi 
qonun hujjatlarini 
takomillashtirish jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish” [2] 
dolzarbligi belgilangan. Chunki raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, albatta, huquqiy 
tomondan aniq meyyorlar asosida mustahkamlab qo‘yilishi lozim. Respublikamizning 
mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlarida muhim omildir.
Raqamli texnologiyalar yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishiga 
ta’sir ko‘rsatmoqda, ular umumiy va ularning alohida elementlari bilan yuqori 
darajadagi bog‘liqlik va o‘zaro ta’sir bilan ajralib turadi. Raqamlashtirish tufayli 
masofalar insoniyat tarixida har qachongidan ham ko‘proq darajada iqtisodiy 
subyektlar o‘rtasida yangi aloqalarni shakllantirishga to‘sqinlik qilishdan to‘xtadi. Bu 
ta’sirni XIX-XX asr boshlarida dengiz, temir yo‘l va havo transportining rivojlanishi 
bilan taqqoslash mumkin. Tashishning yangi usullari paydo bo‘lishi tufayli tovarlarni 
yetkazib berish masofasi qisqardi. Postindustrial dunyoda bu ta’sir axborot eng muhim 
rollardan birini o‘ynay boshlagan telekommunikatsiya texnologiyalarining joriy 
etilishi tufayli namoyon bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash 
kerakki, raqamli iqtisodiyotda ishlash uchun bilim va ko‘nikmalarga yuqori talablar 
qo‘yiladi. Bundan tashqari, raqamlashtirish sharoitida iste’mol funksiyasi fuqarolardan 
ma’lum noyob vakolatlarni talab qiladi.[9] 
Axborot shaffofligi va tarmoq markazlashtirilmagan tuzilmalar sharoitida davlat 
axborot sohasini boshqarish monopoliyasini yo‘qotadi, buning natijasida u iqtisodiyot 
va jamiyatni boshqarish resursini qisman yo‘qotadi. Shubhasiz, kelajakda axborot, 
boylik va resurslardan tezroq va samarali foydalana oladigan mamlakatlar, jamoalar va 
odamlar eng katta kuchga ega bo‘ladilar.



Yüklə 76,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin