Raqamli iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalar


)Raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli texnologiyalari va ularning xususiyatlari



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/43
tarix14.04.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#97634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Raqamli iqtisodiyot yakuniy savollaga javob

 12)Raqamli iqtisodiyotning eng istiqbolli texnologiyalari va ularning xususiyatlari  
qanday?
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar 
tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar 
va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va 
jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni 
yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga 
asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi. Raqamli texnologiyalar 
iqtisodiyotga bog‘liq 50 foizdan ortiq sohalarni keskin o‘zgartirib yuboradi. Ushbu qarash 
axborot texnologiyalari va raqamli platformalar biznes modellarni keskin o‘zgartirib, ularning 
samaradorligini vositachilarni bartaraf etishi va jarayonlarni optimallashtirishiga asoslangan. 


Jahon banki hisob-kitoblari binoan, tezkor internet foydalanuvchilarining 10 foizga ko‘payishi 
yillik YaIM ko‘lamini 0,4 foizdan 1,4 foizgacha oshirishi mumkin ekan. 
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga 
o‘sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati 
belgilaydigan ko‘rsatkich sifatida qaraladi. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar va o‘zi uchun 
ishlaydigan insonlarga yangi ufqlarni dadil ochib bermoqda. Ko‘pincha IT sohasining rivojiga 
qo‘shilgan hissa iqtisodiyotning rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, odamlar va 
biznes uchun yangi turdagi xizmatlarning paydo bo‘lishi, elektron hukumat loyihalari doirasida 
xarajatlarining qisqarishiga zamin yaratadi. Shu bilan bir vaqtda, axborot texnologiyalarini 
tatbiq etishdan hosil bo‘lgan umumiy effekt kutilganidan samarasizroq bo‘lib chiqadi va bir xil 
tartibda taqsimlanmaydi. 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin