Isroilning asosiy yutugʻi IT — kelajak sohasi ekanligini aksariyat davlatlardan oldin, 25 yil
ilgari proznoz qilib, bor kuchni uning rivojiga qaratganidir.
Bundan oʻn yetti yil ilgari Gruziyada “rangli inqilob” natijasida hokimiyat tepasiga kelgan
Saakashvilining nomi eslanganda uning Gruziyada amalga oshirgan islohotlari tilga olinadi.
Saakashvili mamlakatdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash olib borgan,
koʻplab vazirlik va tashkilotlarni tugatib, ixchamlashtirgan. Ungacha boʻlgan 20 turdagi
soliqdan, bor yoʻgʻi yettitasini qoldirib, qolganini bekor qilgan.
Ayni paytda Gruziya Sobiq Ittifoqdan qolgan eski tizim bilan boshqariladigan qoloqlik
botqogʻidan chiqib olib, shiddat bilan rivojlangan davlatlardan biri. Uni, shubhasiz, taʼlim va
kompyuter texnologiyalariga boʻlgan eʼtibor shu darajaga olib chiqdi. Bugungi kunda Gruziya
etakchi dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilari va boshqa axborot texnologiyalari
kompaniyalari uchun jozibador mamlakatga aylangan. Eng muhimi, Gruziyaning IT
mutaxassislari dunyoning istalgan eng kuchlikompaniyalarida bemalol ish topib keta oladi!
Bir paytlar Belorussiya tang ahvolda qolayotgan davlat edi. Na eksport qiladigan qishloq
xoʻjaligi mahsulotlari, na tabiiy boyliklari boʻlgan ushbu mamlakat iqtisodiy tanglikdan chiqish
yoʻlini IT taʼlimida deb bildi va bu mutlaqo toʻgʻri edi.
11)Bulutli texnologiyalarni rivojlantirish bosqichlarini ayting?
Bulutli dasturlar texnologiyasi - bu Internetga asoslangan platforma, bu resurslar serverdan
mijozga tarmoqlar kanallari orqali ma'lumot yetkazadi. Shu sababli, texnologiya yorug'lik
tezligida yangilanayotgan hozirgi dunyoda qaysi texnologiyaga o'tish kerakligini va
texnologiyadan to'g'ri foydalanishni bilish juda muhimdir. Shunday qilib, bulutli
texnologiyalarning mashhurligi va Internetning salbiy ta'siriga qaramay, u eng tezkor
texnologiya bo'lib qoladi va u bugungi bozorning so'nggi tendentsiyasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: