Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari



Yüklə 97,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.12.2023
ölçüsü97,33 Kb.
#171707
1   2   3
raqamli-iqtisodiyotni-rivojlantirishda-axborot-kommunikatsiya-texnologiyalari

 
Ключевые слова:
Big Data, технологии, The Digital Economy, Digital, Networked, 
Intelligence, оборудование, платформы, датчики, квантовые технологии, краудсорсинг, 
виртуальные, технологии реальности, статистика, диверсификация, криптоактивы, смарт-
контракт, консалтинг, эмиссия, обмен, хранение, распространение, управление, 
страхование, краудфандинг, блокчейн. 
Keywords:
Big Data, technology, global, The Digital Economy, Digital, Networked, 
Intelligence, equipment, platforms, sensors, quantum technologies, crowdsourcing, virtual, 
reality technologies, statistics, diversification, crypto-assets, smart-contract, consulting, 
emission, exchange, storage, distribution, management, insurance, crowdfunding, blockchain. 
KIRISH 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
175 
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq boʻlgan bir qancha samarador 
texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning uchun ham davlat va 
jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida respublikamiz rahbariyati bir qancha 
muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 
dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga 
Muroja’atnomasida ham mamlakatimizda raqamli iqtisodning rivojlanishi boʻyicha quyidagilarni 
aytib oʻtdi: “Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini 
koʻzda tutadigan “Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu 
asosda “Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli 
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oʻstirish, korruptsiyani keskin kamaytirish 
imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar oʻtkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. 
Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha “yoʻl 
haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot havfsizligini ta ’minlashga alohida 
e’tibor qaratish zarur”[1,2]. Shuning uchun ham uni qanday rivojlantirish masalalari jamiyat va 
halq oldida koʻndalang boʻlib turibdi. Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasining ba’zi bir yoʻnalishlari mualliflar nuqtai-nazaridan 
muhokama qilinadi. Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon 
boʻlayotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan oʻzgartirib, keng imkoniyatlar 
yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi. 
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi birinchi boʻlib 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan 
“Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va’da va xavf-xatar” (The Digital Economy: 
Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence) nashrida alohida tushuncha sifatida 
istiloh etilgan. Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga fundamental 
innovatsiyalar (yarimoʻtkazgichlar, protsessorlar), asosiy texnologiyalar (kompyuterlar) va 
bog‘lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib koʻrsatiladi. 
Raqamli iqtisodiyot ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
[1] 
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u 
ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor oʻrni bilan tavsiflanadi. 
Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot–bu oʻziga xos tushuncha boʻlib, uning oʻrganish obyekti 
axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan global iqtisodiyot 
sharoitida raqamli iqtisodiyot oʻz rivojlanishining boshlang‘ich davrida boʻlib, zamonamizning 
raqamli axborot bosqichiga oʻtishi atiga bir necha oʻn yilni tashkil etadi. Umuman olganda, 
raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va katta hajmdagi 
ma’lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi ishlab chiqarishlar, texnologiyalar, asbob-
uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish samaradorligini jiddiy ravishda 
oshirishga imkon beradigan, raqamli koʻrinishdagi ma’lumotlar asosiy ishlab chiqarish omili 
hisoblangan faoliyatdir..
[2]
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma’lumotlar bilan ishlash 
texnologiyalari (Big Data), sun’iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant texnologiyalari, 
buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron platformalar, bulutli va mobil 
texnologiyalar, virtual va qoʻshimcha reallik texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
176 
texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO, 3D-texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan 
koʻprog‘ida beqiyos oʻzgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki 
ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga koʻpayishi milliy 
iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili oʻrtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi. .
[4]
Dunyoda raqamli iqtisodiyot oʻsishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil 
etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 
foizga yetgan. Ular hozirning oʻzida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf 
koʻrishmoqda. Xususan, Amerika Qoʻshma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan 
koʻproq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 
foizidan koʻprog‘i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq 
sohalarga toʻg‘ri keladi. 2025-yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qoʻshimcha 20 trln. 
dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol tovarlari 
ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. 
dollar) yuqori boʻlishi ta’kidlanmoqda. Turli tadqiqotlar natijalari boʻyicha raqamli 
iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qoʻshilgan qiymatning deyarli 
40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika Qoʻshma 
Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga toʻg‘ri keladi[3]. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2020-yil 13-fevral kuni axborot 
texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga 
muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 
foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 2 foizdan ham oshmaydi. 
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun 
soʻnggi oʻn yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning 
jahon bozoridagi kapitallarining ulushini koʻrish kifoya. Xususan, BMTning savdo va rivojlanish 
konferensiyasi ma’lumotlarida qayd etilganidek, bu koʻrsatkich 2009-yilda 16 foizni tashkil 
etgan boʻlsa, 2018-yilning oxiriga kelib 56 foizga yetgan [2].
Jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonda, mamlakatimizda juda katta oʻzgarishlar 
boʻlmoqda. Oʻtgan asrning soʻngi yillarida va XX asrning dastlabki yillaridanoq inson 
faoliyatining eng muhim sohalari boʻlgan iqtisodiy boshqaruv butunlay oʻzgacha yondashuv va 
alohida mohiyatga ega boʻladi. Odamlarning ijtimoiy hayotga qarashlari ham oʻzgarmoqda. 
Kompyuter texnologiyalari uzoq vaqtdan beri kundalik hayotning ajralmas qismi boʻlib kelgan. 
Biroq, smartfonlar va kompyuter, planshetlarining paydo boʻlishi bilan kompyuter 
texnologiyalarining ta'siri keskin oshdi. Zamonaviy jamiyatning eng koʻzga koʻringan xususiyati 
raqamli texnologiyalarning odamlarning yashash va ishlash tarziga ta'sirining kuchayishidir. Bu 
mikroelektronika, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi bilan 
bog‘liq. Shunday qilib, jamiyat hayotini "raqamlashtirish" ob'ektiv va muqarrar olg'a siljish 
degan xulosaga kelish mumkini Iqtisodiyotdagi raqamli texnologiyalarni imkon yaratadigan 
axborot texnologiyalari sifatida talqin qilish mumkin.Hozrgi zamondagi iqtisodiy vaziyatda kelib 
chiqib elektron biznes tuzilmalari ishini optimallashtirish bu yanada raqamli iqtisodiyotda sodir 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
177 
boʻlishi mumkin boʻlgan uchta asosiy elementga boʻlinadi: 1.Infratuzilma elementlari ya’ni 
uskunalar va dasturlar; 2.Telekommunikatsiya qurilmalari va boshqalar, qolaversa elektron 
biznesning yoʻnalishi, 3.Tijorat ya’ni onlayn tovar savdosi. Bugungi kunda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining katta qismi raqamli vositalar hisoblanadi.Bunga misol qilib 
olishimiz mumkin ya’ni iqtisodiyot infratuzilmasi. Iqtisodiyotda mehnatning raqamli shakllarini 
joriy etish ham mamlakatlar, yirik firmalar va har bir inson uchun ham yaxshigina foyda 
keltiradi. Koʻrishimiz mumkinki bunda: ishlab chiqarish, tovar mahsulotlari va xizmatlarini 
taqsimlash, ayirboshlash, ulardan foydalanishlarni. Raqamli texnologiyalardan keng foydalanish 
soʻnggi oʻn yilliklarda barcha sanoat sohalarida va ishlab chiqarishda va xizmat koʻrsatishda 
jadallik bilan davom etmoqda. Bir holatni inobatga olish kerakki, avvallari bu oʻz-oʻzidan va 
nazoratsiz holatda boʻlgan, ammo bugungi kunga kelib yirik kompaniyalar va korparatsiyalar 
qolaversa davlatlar ham bu masalaga aniq tizimli yondashuv zarurligini anglab yetdi va unga 
asoslangan oʻzlarining bma’lum tizimlarini joriy qilib kelishmoqda. Raqamlashtirishning 
strategik rejasini ishlab chiqish va keyinchalik amalga oshirish hozirda iqtisodiyotning deyarli 
barcha sohalarida deyarli barcha yirik firmalar uchun ustuvor ahamiyatga ega. Bugungi kunda 
raqamli iqtisodiyotni asosiy texnologiyalari bular:bulutli texnologiya, taqsimlangan hisoblash 
texnologiyasi, katta ma'lumotli texnologiyalar tashkil etib kelmoqda. Biroq, eng muhim 
texnologiyani raqamli platforma deb hisoblash mumkin. Raqamli platforma bu koʻp sonli bozor 
vakillarining oʻzaro munosabatlari tizimi sifatida ma'lum bir algoritm boʻyicha va ularni maxsus 
axborot muhiti orqali birlashtirish tushuniladi.iv Shunday qilib, raqamli texnologiyalar 
toʻplamidan keng miqiyosda foydalanish va ularni ma’lum darjada oʻzgartirish orqali tranzaksiya 
xarajatlarini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Muayyan raqamli platforma har qanday yirik 
iqtisodiy sohaga asoslanib, shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Mehnat taqsimoti shartlari sotuvchilar 
va xaridorlar oʻrtasida ma'lumot almashish uchun. Masalan: Platformaslar quyidagilarni 
ta'minlaydi, taksi ishchilari va ularning yoʻlovchilari oʻrtasidagi aloqani.qolaversa yana bir 
qancha platformalar ham, avtomobil egalari va avtomobil ijaraga olmoqchi boʻlganlar oʻrtasidagi 
munosabatlarni aks ettirishda yaqqol namoyon boʻladi. Platforma - bu boshqa barcha kerakli 
texnologiyalarni oʻz ichiga jamlahan dasturlar yig‘indisi boʻlib, katta hajmli ma’lumotlarga va 
turli xizmatlarga kirish imkoniyatini beradi Raqamli iqtisodiyot elektron dasturlar sanoati 
tomonidan kashf qilingan innovatsion texnologiyalarga asoslangan hisoblanadi. Buni biz ikki 
element bilan ifodalashimiz mumkin. Birinchidan, bu elektron sanoat, kichik hajmdagi chiplar 
ishlab chiqarish,kompyuterlar va telekommunikatsiya qurilmalari va maishiy elektronikani oʻz 
ichiga olsa, ikkinchidan esa bu kompaniyalarning raqamli texnologiyalari sohasida xizmatlar 
koʻrsatadigan va raqamli ishlab chiqarish hamda ularni saqlash vositalaridan foydalanishva 
ma'lumotlarni boshqarishdan iborat hisoblanadi. Raqamli sektorni rivojlantirishda milliy 
iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bir qancha davlatlar tomonidan hozrgi kunda keng 
koʻlamli va adolatli oʻz iqtisodiyotlarining raqamli sektorlarini rivojlantirishga qaratilgan ulkan 
dasturlar amalga oshirilayotgani ham tasdiqlanadi. Yangi ish oʻrinlarini yaratishda ushbu 
sohalarda va elektron sanoat hamda IT texnologiyalarining raqobatbardoshligini oshirish 
qaratilgan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. “Iqtisodiyotning globallashuvi” tushunchasi 
keskin kuchayish va bir qancha jarayonlarni nazarda tutadi. Misol uchun olishimiz mumkin, 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
178 
tovarlar, kapital, texnologiya, xizmatlar, axborot, odamlarning davlatlararo (transchegaraviy) 
oqimlari shular jumlasidandir. Soʻngi yilliklarda iqtisodiyotning globallashuv jarayoni haqiqatan 
ham sezilarli darajada tezlashdi. Biz milliy iqtisodiyotning oʻzaro ta‘sirini kapital vakili boʻlgan 
transmilliy korporatsiyalar va banklar faoliyatining ta’sirini bir vaqtning oʻzida bir nechta 
davlatlar tomonidan oʻzaro bog‘liqligining tez ortib borayotganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. 
XXI asr boshlarida 20 mingga yaqin ulkan transmilliy korporatsiyalar oʻzlarining asosan 
Yevropa, Shimoliy Amerika va Sharqiy Osiyodagi yirik bozorlarda faoliyat yurituvchi koʻplab 
shoʻba korxonalari,jahon savdosining yarmidan koʻpini nazorat qilgani iqtisodiyotning 
globallashuv jarayoni oʻz aksini topgan. Ilmiy-texnika taraqqiyoti insoniyat sivilizatsiyasining 
rivojlanishi bilan doimo chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Biroq, fan va texnikaning 
rivojlanishida ishlab chiqaruvchi kuchlarning bosqichma-bosqich progressiv rivojlanishi 
jarayonida sifat darajalarining ortishi sodir boʻladi. Xulosa oʻrnida shuni aytish lozimki, ma'lum 
kamchiliklarga va xatolarni inobatga olmagan holda rivojlanayotgan jamiyat iqtisodiyotini 
raqamlashtirishda bu hodisalarning afzalliklari juda katta va bu afzalliklar ancha muhim 
hisoblanadi. Barcha fikrlarimizda takidlab oʻtganimizdek, raqamli texnologiyalar samarali 
foydalanish oʻz sohalarining narxini va ishlarning samaradorligini doimiy ravishda kengaytirib 
kelmoqda. Jamiyatimiz uchun kerakli boʻlgan vositalarni joriy etish, iqtisodiyotni 
raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda jadallik bilan ortib bormoqda. Yuqorida aytilganlarga 
asoslanib, xuddi shunday raqamli qurilmalarning mavjudligi darajasi zamonaviy jamiyat 
iqtisodiyotini raqamlashtirish - bu jamiyat taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshadigan jarayon degan 
xulosaga kelishimiz mumkin. 
Dunyo hamjamiyatida roʻy berayotgan bunday jadal oʻzgarishlar va raqobatning 
keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, 
yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning 
raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat boʻlib, bu esa, oʻz navbatida, ilmiy va 
amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi. Bu borada, soʻnggi yillarda milliy 
iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan keng qamrovli 
islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga 
raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli qarori qabul 
qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, mamlakatimizda raqamli 
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar 
belgilab berildi: 

investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish 
uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, 
konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding 
(jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish; 

blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish 
koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
179 
mutaxassislarni jalb qilish;

kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro 
va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy 
tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish; 

raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, 
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik 
sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. 
Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi boʻlib, uning asosiy maqsadi ma’muriy 
tartib va taomillardan oʻtishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan. Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini 
amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar 
uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik toʻsiqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi 
samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida koʻzlangan maqsadga 
erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida 
yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan 
boʻlib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qoʻshimcha 
30 foizga oʻstirish imkoni yaratilishi kutilmoqda[3].
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak 
ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish 
borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M. Mirziyoyevning 
2020-yil 
24-yanvardagi 
Oliy 
Majlisga 
yoʻllagan 
Murojaatnomasida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom 
berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda Oʻzbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang 
ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi[5]. 
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida Oʻzbekistonning 
iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, 
2022-yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada boʻlishini taxmin qilinmoqda. 
Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi boʻyicha 
Oʻzbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-oʻrinni egallab turishining oʻzi mamlakatimizda bu 
sohada hali oʻz yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim boʻlgan ishlar koʻpligidan 
dalolat beradi. Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot 
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi boʻyicha 2019-yilda 8-pog‘onaga 
koʻtarilgan boʻlsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli 
texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni 
shakllantirish kerakli infratuzilma, koʻp mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi 
bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin boʻlmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! 
Ertaga juda kech boʻladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol oʻtish – kelgusi 5 yildagi eng 
ustuvor vazifalarimizdan biri boʻladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha 
xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
180 
qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yoʻqotishda ham ular samarali vositadir. Buni 
barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham 
raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar 
turmushini keskin yaxshilash mumkin” [6].
Oʻz oʻrnida qayd etib etish lozimki, mamlakatimiz hayotida raqamli iqtisodiyotning 
ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat koʻrsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va 
kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga oʻtkazilishini hisobga olib
elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga 
oʻtkazilmoqda. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’biri bilan aytganda, “raqamli 
iqtisodiyot yangi xavf-xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, shu jumladan, kiberxavfsizlikka 
tahdidlar, noqonuniy iqtisodiy faoliyatning yengillashuvi, shaxsiy hayot daxlsizligini buzilishi 
bilan bog‘liq sabablarni keltirish mumkin. Yangi qarorlar qabul qilish hukumatlar, fuqarolik 
jamiyati, akademik guruhlar, ilmiy hamjamiyat va texnologik sektorlarning hamkorlikdagi 
harakatini talab etadi”. Darhaqiqat, raqamli iqtisodiyot miqyosining kengayib borishida xalqaro 
hamkorlikni imkon qadar kuchaytirish zarur. Shu oʻrinda mamnuniyat bilan qayd etish joizki, 
Oʻzbekistonda axborot xavfsizligi sohasida olib borilayotgan ta’sirchan chora-tadbirlar natijasida 
2019-yilda Kiberxavfsizlik global indeksida 41 pog‘onaga koʻtarilib, 52-oʻrinni egalladik [8]. 
Xulosa oʻrnida aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida 
iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi 
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bilan bevosita bog‘liq boʻlib bormoqda. Mamlakatimiz 
taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning 
qamrov darajasiga tayanadi. Bunga erishish uchun raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning 
quyidagi asosiy shartlari va ustuvor yoʻnalishlarini sanab oʻtish maqsadga muvofiq: 

raqamli texnologiyalar barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun institutsional muhit va raqamli 
infratuzilmani yaratish, davlat xizmatlarini koʻrsatish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari, 
sog‘liqni saqlash, davlat kadastri va boshqa sohalarda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, 
shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar darajasida internet 
global tarmog‘iga ulanish imkoniyatlari bilan imkon qadar toʻliq qoplashni bosqichma-bosqich 
ta’minlash; 

kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish va bu yoʻnalishlar boʻyicha chuqur bilimga 
ega malakali dasturchilar va injener-texnik xodimlarni yetishtirish, ta’lim tizimining barcha 
bosqichlarida xalqaro andozalarga toʻliq javob beradigan zamonaviy axborot texnologiyalarini 
oʻqitish, shu jumladan, xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini 
muvaffaqiyatli amalga oshirish; 

raqamli iqtisodiyot sohasida ilmiy-nazariy bazani mustahkamlash va bu sohada 
“Raqamli ishonch” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalangan holda ilmiy faoliyatni 
qoʻllab-quvvatlash; 

aholining keng qatlamlari oʻrtasida “raqamli savodxonlik”ni targ‘ib kilish va 
kengaytirish, ularni axborot texnologiyalarini oʻzlashtirishga jalb qilish maqsadida oʻquv 
yurtlarida seminar, kurslar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;

raqamli iqtisodiyot sohasida me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash va 


ТЕХНОЛОГИЯ
МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, МАХСУС СОН 2022, № 1 (1) 
181 
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, “startap” tushunchasi, faoliyati, venchur 
fondlari orqali ularni moliyalashtirishning huquqiy asoslarini yaratish; 

raqamli iqtisodiyot talablariga javob beradigan mehnat bozorini tashkil etish va 
uning mobilligini oshirish, yangi texnologiyalarni tezkorlik bilan oʻzlashtirish uchun 
mutaxassislar malakasini oshirib borish; 

raqamli iqtisodiyot sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yetakchi xalqaro 
texnologik kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, 
innovatsion ishlanmalar boʻyicha zamonaviy ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyalarini tashkil 
etish. 
Xalqaro tajriba shundan dalolat bermoqdaki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar 
asosan ilmiy hamjamiyat va xususiy sektorda jadal rivojlanmoqda. Shuning uchun davlat, aynan, 
ushbu sohalarda innovatsion loyihalar va IT-kompaniyalarni qoʻllab quvvatlagan holda qulay 
ekotizimni yaratishi lozim. 
Shuningdek, davlat innovatsion va raqamli ekotizimni qoʻllab-quvvatlash sohasida 
raqamli ta’limning zamonaviy metodlarini qoʻllab-quvvatlashi, innovatsion xizmatlarni samarali 
tartibga solish normalarini ishlab chiqishi, yangi bozorlarni oʻzlashtirishda koʻmaklashishi 
hamda texnologik jarayonlarning chuqurlashuvida yuzaga chiqadigan risklarni pasaytirish 
choralarini koʻrishi maqsadga muvofiq hisoblanadi [6].
Raqamli iqtisodning yana boshqa bir xizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy intellekt, 
mashina vositasida ta’lim berish, blokcheyn va bulutli texnologiyalar ham kelajak iqtisodiyotida 
va korporativ boshqaruvda hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini hayotning rivojlanish 
tendentsiyalari yaqqol koʻrsatib turibdi. 

Yüklə 97,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin