Raqamlashtirish iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Masalan, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridagi shag‘al kavlab olish karerida mashinalarning yuk hajmini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani natijasida oylik tushum 3 milliard so‘mdan 8 milliard so‘mga oshgan.
Raqamlashtirish iqtisodiyot tarmoqlarida tejamkorlik va samaradorlikni ta’minlaydi. Masalan, Toyloq va Oqdaryo tumanlaridagi shag‘al kavlab olish karerida mashinalarning yuk hajmini nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani natijasida oylik tushum 3 milliardso‘mdan 8 milliard so‘mga oshgan.
Kelgusi uch yilda quyidagi raqamlashtirish loyihasi rejalashtirilgan
1
neft, gaz va energetika sohasida 18 ta,
2
metallurgiya bo‘yicha 12 ta,
3
avtosanoat tizimida 9 ta,
4
kimyo sanoatida 8 ta,
5
tog‘-kon geologiya tarmog‘ida 4 ta
Muborak va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida avtomatlashgan dispetcherlik xizmati joriy etilgani tufayli yiliga 50 million kub metr gaz va 650 ming kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qilishga zamin yaratildi.
Muborak va Sho‘rtan neft-gaz korxonalarida avtomatlashgan dispetcherlik xizmati joriy etilgani tufayli yiliga 50 million kub metr gaz va 650 ming kilovatt-soat elektr energiyasini iqtisod qilishga zamin yaratildi.
Asakadagi avtomobil zavodida logistika, xaridlar, xomashyo va butlovchi qismlar harakatini raqamlashtirish orqali 41 million dollartejash mumkin.
Asakadagi avtomobil zavodida logistika, xaridlar, xomashyo va butlovchi qismlar harakatini raqamlashtirish orqali 41 million dollar tejash mumkin.
Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinatidagi “Yoshlik-1” va “Qolmoqqir” konlarida transport kompleksi avtomatlashgan boshqaruv tizimini joriy qilish ham shunday samarali loyihalardan. Bu orqali yiliga 28 milliard so‘mlik mablag‘ tejaladi.