Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yo‘nalishga o‘z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada
17-Mavzu. RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING O’ZBEKISTON TAJRIBASI
Bugun o’rganmasak ertaga kech bo’ladi Shavkat Mirziyoyev
Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha soha va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Bu yo‘nalishga o‘z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ishlaganlar taraqqiyotdan orqada qolyapti.

2020 yil mamlakatimizda “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilinib, bu borada katta ishlar boshlandi. Xususan, 28 aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Tuman va shahar hokimlari bir oyda 2-3 kun faqat raqamlashtirish bilan shaxsan shug‘ullanishi belgilandi. Ularning faoliyatiga hududda raqamlashtirish qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga qarab baho beriladi. Bu sohada yaxshi natija ko‘rsatgan rahbarlarga 30 foizgacha ustama joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari har doim avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil qilish zarurligini ta’kidlaydi. Shu talabdan kelib chiqib, ishchi guruhlar tomonidan 530 ta hududiy va 280 ta tarmoq loyihasi tayyorlangan.
Odamlar eng ko‘p murojaat qiladigan sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha 239 ta loyiha amalga oshiriladi.
Masalan, “Elektron poliklinika” tizimini joriy qilish orqali qog‘oz hujjatlar 40 foizga, navbat kutish 60 foizga qisqaradi. Buning uchun markaziy shifoxona va poliklinikalarni to‘liq raqamlashtirish lozim.