RAQAMLI IQTISODIYOTNI XORJIY DAVLATLARDA RIVOJLANISHI
RAQAMLI IQTISODIYOTNI XORJIY DAVLATLARDA RIVOJLANISHI REJA: 1. Raqamli iqtisodiyot tushunchasi, ta’rifi va rivojlantirish modellari 2. Raqamli iqtisodiyot atamasining paydo bo‘lishi 3. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish modellari Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global Internet tarmog‘isiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan Internet dastavval 1995-yilda vujudga kelgan. O‘sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim etiladigan turli xil xizmatlar - fayllarni uzatish, masofadan kirish (TELNET ), elektron pochta, qidiruv tizimlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to‘ldirilgan "virtual dunyo" ning paydo bo‘lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda Internet ulkan ko‘ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir. «Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari bilan bog‘liq-kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik axborot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte . 1995-yilda "Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini qo‘llagan. Ilmiy asarida uchta kesishidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya modelini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida yangi (raqamli) media shakllandi. O‘sha 1995-yilda Kanadalik iqtisodchi Don Tapscottning “The Digital Economy» [4,13,22] kitobi nashrdan chiqadi. Unda Don Tapskot rivojlangan mamlakatlardagi jamiyatning evolyutsion tendensiyalarini tahlil qilish natijalarini bayon qildi. Axborot muhitni yangi iqtisodiyotga, ya’ni raqamli iqtisodiyotga aylantiradigan 12 muhim belgilarni keltirgan.
"Raqamli iqtisodiyot" tushunchasi nisbatan yangi va juda muhim hodisadir. Raqamli iqtisodiyotning ko‘plab ta’riflari mavjud. Quyida raqamli iqtisodiyotning turli xil nufuzli manbalari tomonidan taklif etilgan bir nechta ta’riflari mavjud. 1.Raqamli iqtisodiyot – raqamli axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimi. 2.Raqamli iqtisodiyot – internet orqali, elektron tijorat orqali tovarlar va xizmatlar savdosiga imkon beradi va uni amalga oshiradi. Raqamli iqtisodiyot uchta tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: infratuzilma (qurilmalar, dasturiy ta’minot, telekommunikatsiya va boshqalar), elektron biznes (raqamli jarayonlar, tashkilotlarda) va elektron tijorat (tovarlarni onlayn sotish ) . 3.Raqamli iqtisodiyot – bu xo‘jalik faoliyati, bunda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli ma’lumotlarni ishlab chiqarish, katta hajmlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish bo‘lib, ular an’anaviy boshqaruv shakllariga nisbatan har xil turdagi mahsulotlar, texnologiyalar, asbob-uskunalar, saqlash, sotish, etkazib berish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi mumkin. 4.Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotdir, ammo ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyot Internet va Butunjahon internet tarmoqlariga asoslangan bozorlarda biznes operatsiyalarini amalga oshirishini tushunamiz . Raqamli iqtisodiyot ko‘plab afzalliklarga ega. Bu to‘lovlarning narxini pasaytiradi va yangi daromad manbalarini ochadi. Onlayn bozorda, an’anaviy iqtisodiyotga nisbatan xizmatlar narxi pastroq (birinchi navbatda reklama xarajatlari kamayishi bilan bog‘liq). Bundan tashqari, raqamli dunyoda tovarlar va xizmatlar tezda global bozorga chiqishi va dunyoning istalgan burchagidagi odamlar uchun ochiq bo‘lishi mumkin. Taklif qilinayotgan mahsulot iste’molchilarning yangi umidlar yoki ehtiyojlarini qondirish uchun deyarli darhol o‘zgartirilishi mumkin. Raqamli iqtisodiyot yanada xilma-xil axborot, ta’lim, ilmiy, ko‘ngilochar tarkibni ta’minlaydi - tezroq, sifatliroq va qulayroq.
Turli mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun uchta model mavjud.