Raqamli iqtisodiyot fanidan yakuniy nazorat savollari\
1-VARIANT
Raqamli iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi
Javob: Bu iqtisodiyotning yangi texnologik tuzilishiga tizimli ravishda oʻtishi, iqtisodiyotning yangi tarmoqlarini yaratish, iqtisodiyot tuzilmasini tubdan oʻzgartirish, iqtisodiy oʻsish va ______ taminlash maqsadida qoʻshimcha qiymat yaratish markazlarini oʻtkazish.
Axborot texnologiyalari sohasi: umumiy tavsiflari
Javob: Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
Raqamli iqtisodiyotda biznes modellarining turlari
Javob:Biznes modeli qiymat zanjirida boshlang'ich o'rnini aniqlaydi. Biznes-model - bu tadbirkorlik, strategiya, iqtisodiyot, moliya, operatsiyalar, raqobatbardosh strategiyalar, marketing va kompaniyani rivojlantirish strategiyalari kabi biznes tarkibiy qismlaridan iborat tizim. Bunga asoslanib, siz boshida biznes modelida ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan asosiy fikrlarni aniqlashingiz mumkin:
1 Mahsulot
2 Iste’molchilar.
3 Marketing (tarqatish kanallari).
4 Ta’minlovchilar va ishlab chiqarish.
5 Bozor (turi, hajmi).
6 Raqobatchilar.
7 Moliya (xarajatlar va daromadlarning tarkibi).
8 Sizning biznesingizga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan iqtisodiy bo’lmagan omillar.
2- VARIANT