Birinchi bosqich (1850-1950 yillar) - raqamli iqtisodiyotning shakllanishi -birinchi telekommunikatsiya texnologiyalari va ixtirolarining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liqdir.
Ikkinchi bosqichda raqamli iqtisodiyot faol rivojlana boshladi - 60-yillardan boshlab, ommaviy iste'molga yo'naltirilgan raqamli innovatsiyalar butun dunyo bo'ylab tarqala boshladi.
Raqamlilashtirishning uchinchi bosqichi 90-yillarning boshlarida boshlangan. Butunjahon internet (WWW) to’rining paydo bo'lishi bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida internetning global tarqalishi ro'y bermoqda.
To'rtinchi bosqichda (2001-2009) yuqori tezlikka ega uyali aloqa tizimlarining faol tijorat faoliyati boshlandi, smartfonlar paydo bo'ldi, xalqaro axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi shakllantirildi, elektron to'lov tizimlari va internet xizmatlari yoyildi.
XULOSA
Lvov - Glazyev va Shvab davrlashtirishidan foydalanganda, vaqt shkalasida raqamli iqtisodiyotning o'rni 2010-2060 yillarga to'g'ri keladi, u organik ravishda oltinchi texnologik tarz (tartib)ning dastlabki bosqichiga yoki 4-sanoat inqilobining birinchi bosqichiga to'g'ri keladi. Raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish globallashuvning yangi bosqichi - raqamli globallashuvning shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi, bu esa kompaniyalarga yangi biznes imkoniyatlarini taqdim etadi.