Birinchi bosqich (1850-1950 yillar) - raqamli iqtisodiyotning shakllanishi -birinchi telekommunikatsiya texnologiyalari va ixtirolarining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liqdir.
Ikkinchi bosqichda raqamli iqtisodiyot faol rivojlana boshladi - 60-yillardan boshlab, ommaviy iste'molga yo'naltirilgan raqamli innovatsiyalar butun dunyo bo'ylab tarqala boshladi.
Raqamlilashtirishning uchinchi bosqichi 90-yillarning boshlarida boshlangan. Butunjahon internet (WWW) to’rining paydo bo'lishi bilan ijtimoiy hayotning barcha sohalarida internetning global tarqalishi ro'y bermoqda.
To'rtinchi bosqichda (2001-2009) yuqori tezlikka ega uyali aloqa tizimlarining faol tijorat faoliyati boshlandi, smartfonlar paydo bo'ldi, xalqaro axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi shakllantirildi, elektron to'lov tizimlari va internet xizmatlari yoyildi.
Globallashuv - bu jahon iqtisodiy, siyosiy, madaniy va diniy integratsiyasi va birlashish jarayonidir. Globallashuv jarayonining turli xil davrlashuvi mavjud. E. Maddisonning "1-2030 yillarda Jahon iqtisodiyotining chizmalari" nomli tadqiqotiga asoslanib ta’kidlasa bo’ladiki, insoniyat tsivilizatsiyasi o'z taraqqiyotida oltinchi globallashuv bosqichini bosib o'tdi (2.3-jadval). Globallashuvning beshinchi bosqichi ta'siri ostida xalqaro iqtisodiy aloqalar jadal rivojlandi, savdo uyushmalari va tashkilotlar yaratildi, barqaror davlatlararo institutsional aloqalar shakllandi va odamlarning harakatchanligi oshdi. Globallashuvning oltinchi bosqichi XX asrning 70-yillarda boshlandi va jahon iqtisodiyotining integratsiyasi va TMKlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Beshinchi-oltinchi bosqichlarning eng muhim yutuqlaridan biri bu GATT-JST savdo qoidalari va SWIFT, VISA, Europay global to'lov tizimlari bo’ldi.
Raqamli iqtisodiyot globallashuvning yangi bosqichi sifatida