Kompyuter tarmoqlarifanidan
5-10-Amaliy ish Bajardi:Xalikova Madina
Tekshirdi:Xasanov Orifjon
Toshkent -2023
6-7-LABORATORIYA ISHI VTP PROTOKOLI SOZLASH
Ishdan maqsad Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va VTP protokolini ishlash tamoyili bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish
1 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
Ma’lumot uzatish tarmoqlarining samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog`i fizik emas, mantiqiy bog`lanishga asoslangan bo`lib, lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog`i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o`tkazgich yordamida ulangandek bo`ladi.
VLAN tarmog`i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qayerda joylashganligiga bog`liq bo`lmagan holda qo`llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funktsiyasi bo`yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo`lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko`p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o`sha VLAN doirasida bo`ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo`lmagan stantsiyalar paketlarni jo`natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog`i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli (broadcast) domenni yaratadi. VLAN tarmog`i quyidagi avzalliklarga ega:
VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlash Lokal tarmoqda yaratilgan VLAN lar o‘rtasida marshrutizatsiyani sozlashning 3 xil usuli mavjud: