2 - topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot
VTP (ingliz. VLAN Trunking Protocol) - lokal hisoblash tarmog`i protokoli bo`lib, tanlangan trank portda VLAN haqida axborot almashish uchun xizmat qiladi. VTP – vlan larni dinamik tarzda sinxronizatsiyalash uchun ishlatiladi;
3 xil rejimi mavjud:
1.Client – VLAN larni o`zgartirish, o`chirish, yaratish mumkin emas;
2.Transparent – bunda, switch da sinxronizatsiya amalga oshirilmaydi, switch faqat o`tkazuvchi vazifasini bajaradi;
3. Server – VLAN bilan istalgan funktsiyalarni bajarish mumkin;
Vtp serverda vlan yaratiladi Clientlar avtomatik serverda yaratilgan VLAN larni qabul qiladi. Xavfsizlik ta ‘minlash maqsadida bu protokolda Client switch vlan yarata olmaydi, faqat foydalanuvchilarni o`zlariga biriktira oladi. Tarmoqda qandaydir o’zgarish yuz bersa (masalan yangi vlan qo`shilishi yoki olib tashlash) faqat VTP server orqali amalga oshiriladi.
VTP-da uchta xabar turi mavjud:
VTP Server
VTP Transoaret
VTP Client
8 – LABORATORIYA ISHI
TARMOQDA STATIK MARSHRUTLASH TAMOYILLARI
Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida statik marshrutizatsiya tamoyillarini va sozlashni o‘rganish
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo‘llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko‘pincha birgalikda ishlatiladi.
Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:
kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;
berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lmagan);
bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to‘g‘ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo‘lni ko‘rsatish uchun).
Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to‘g‘risidagi xabarlarni jo‘natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:
statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi;
statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko‘p vaqt talab qiladi;
kanalda uzulish bo‘lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.
Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida echiladi. Marshrutlash jadvalini tuzish bo‘yicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qo‘l yordamida tuzatish va qo‘shish imkoni nazarda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |