Vazifalar Jadvalda ko‘rsatilgan FAT32, FAT va NTFS fayl tizimlaridan foydalanishni o‘rganing.
Har qanday yozuv uchun harakatlar algoritmi ishlab chiqing.
Nazorat savollari 1. Fayl tizimi atamasining ta’rifi?
2. NTFS katalogi – bu ….
3. "FAT" , "FAT32" , "exFAT" va "NTFS" fayl tizimlari nima ?
4-amaliy mashg‘ulot. Tashqi va ichki xotirada joylashgan malumotlarni saqlash, qayta ishlash va malumotlarni tiklash tizimlari
Ishdanmaqsad: Tashqi va ichki xotirada joylashgan ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va malumotlarni tiklash tizimlaridan foydalanish.
Masalaniqo‘yilishi: Yo‘qotilgan barcha fayllarni asl nomlari va katalog tuzilishi bilan qayta tiklash.
Kompyuterdagi barcha ma’lumotlar tashqi tarafadan fizik usul bilan olinmaydigan yoki olinadigan vositalarda saqlanadi. Odatda bularga magnit, optik va magneto-optik disklardagi drayvlar misol bo’la oladi. Har bir operatsion tizim o‘z fayl tizimiga ega.
Disklardagi tashqi drayvlar ham har qanday kompyuter qurilmasi kabi, o‘zlarining fizik raqamlariga ega. Shunday qilib, operatsion tizimga yuklangan faol qattiq magnit disk har doim 80h kabi raqamlanadi. Mantiqiy darajada foydalanuvchiga name (nomlar) bilan ishlash qulayroq bo‘ladi, shuning uchun drayvlarga lotin alifbosi harflari bilan nomlar beriladi. A: va B: kabi nomlar magnit disklarning (disketalar) drayverlarini belgilash uchun qabul qilinadi. Ruxsat etilgan qattiq disklarga C nomidan boshlanadigan nomlar beriladi. Ko‘pincha, qattiq diskning umumiy fizik maydoni maxsus dasturlardan foydalangan holda alohida joylarga bo‘linadi. Bu ilgari ular uchun ajratilgan xotira joyi omborlarni qurish bilan o‘xshashdir. Maqsadga qarab, bo‘limlar asosiy va ikkilamchi, shuningdek faol, tizim va yuklash bo‘lishi mumkin.
Qattiq diskni bo‘lishiga quyidagi sabablardan biri sabab bo‘lishi mumkin:
• Hozirgi vaqtda qattiq disklarning hajmi bir necha o‘nlab GB ni tashkil qiladi va hamma operatsion tizimlar katta sig’imli disklar bilan ishlay olmaydi;
• Taqdim etilgan ma’lumotlarning bir qismini, masalan, Windows operatsion tizimining himoyasini ta’minlash kerak. Ushbu ma’lumot NTFS fayl tuzilmasi bo‘lgan bo‘limlardan biriga joylashtirilishi kerak;
• Agar bir xil ma’lumotga ega bo‘lgan alohida guruhlarni turli bo‘limlarga joylashtirilsa, ularning barchasini bir joyga to‘plagandan so‘ng, foydalanuvchiga ishlash osonroq va qulayroq bo‘ladi.
Fizik diskning har bir bunday sohasi mantiqiy disk shaklida yaratilgan. Ushbu mantiqiy disklarga C:, keyin D:, E:, F:, G:, H: va hokazolar harflari bilan nom berilgan. Ma’lumotni yozish yoki o‘qish uchun ma’lum bir diskka murojaat qilish uchun uning nomini ko‘rsatishilishi kerak. Foydalanuvchi hozir ishlayotgan disk joriy yoki faol deb nomlanadi. Disk nomi esa manzillar tizimidagi eng yuqori daraja hisoblanadi.
Disklardagi ma’lumotlar fayllarga yoziladi. Fayl - bu nomga ega bo‘lgan diskda yoki boshqa muhitda ajratilgan maydon. Fayl nomi foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. Fayl bir xil turdagi har xil ma’lumotlarni saqlashi mumkin. Bu grafik tasvir, hujjatning matni, raqamli ma’lumotlarning to‘plami, mashina kodlaridagi dastur, korxonaning rentabelligini hisoblash jadvali yoki musiqa bo‘lishi mumkin. Multimedia faylda turli xil ma’lumotlar birlashtiriladi, masalan, video ramkalar, musiqiy sahnalar va matnlar. Fayl bu manzillar tizimining yana bir qatlamidir.
Muayyan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan fayllar guruhlangan xolda ularning nomlari va tavsiflari maxsus jadvallarda yoki boshqa tuzilmalarda qayd qilingan tarkibiy fayllar jadvali - kataloglardir. Kataloglar ham nomlangan va boshqa kataloglarda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Katalog nomi foydalanuvchi tomonidan ixtiyoriy ko‘ra beriladi, shu nom bilan ushbu katalogda qanday fayllar borligini aniqlash mumkin. Bu manzillar tizimining uchinchi darajasi bo‘ladi.
Shunday qilib, hujjatni yoki dasturni diskka yozish uchun fayl manzili sifatida yo‘lni ko‘rsatish kerak: disk nomi - katalog nomi - ma’lumot yoziladigan fayl nomi. Diskdan ma’lumotlarni o‘qiyotganda ham xuddi shunday jarayon amalga oshiriladi.
Fayllar va kataloglarning nomlanishi ixtiyoriylik bilan amalga oshirilgan bo‘lsa ham, bu ishlatilgan operatsion tizimga bog’liq. Nomlarda bo‘sh joy belgisi va + belgilaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi: >; “<=. Kichik va katta harflar bir xil deb qabul qilinadi.
Saqlanadigan ma’lumotning xususiyatini ta’kidlash uchun faylga kengaytma beriladi. Kengaytma avtomatik ravishda fayl yaratilgan dastur tomonidan tayinlanadi. Kengaytma fayl nomidan keyin yozilgan, nuqta bilan ajratilgan uchta belgidan iborat bo‘lishi mumkin. Kengaytma majburiy emas va yo‘q bo‘lishi ham mumkin. Kengaytmaga qarab fayl turini aniqlash oson. Masalan, PROG.PAS - PROG nomli faylda Paskal dasturlash tilida yozilgan dasturiy matn saqlanganligini taxmin qilish oson. Ko‘pincha fayl nomi va uning kengaytmasi bitta tushunchaga birlashtiriladi - faylning to‘liq nomi. Haqiqiy fayl nomlariga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: START.BAT, MYFILE.DOC, GOD1995.TXT, P1.C, 123.BAS, HELP, PLAY_R.WAV. Yaroqsiz fayl nomlariga misollar: 2> 1.TXT (> belgi), NINA + K (+ belgisi), 3.TXT shakl (3 oldingi bo‘sh joy), ХИСОБОТ. 98 (рус харфи).
Ba’zi belgilar kombinatsiyasini fayl nomlari sifatida ishlatish mumkin emas, chunki operatsion tizim ularni tizim qurilmalarini belgilash qilish uchun saqlab qo‘ygan. Bularga quyidagilar kiradi:
CON - ma’lumotni kiritishda (klaviatura) va chiqarish (ekran);
SOM1-COM4 - ketma-ket portlarga ulangan qurilmalar;
AUX - COM1 portining sinonimi;
NUL - bu "bo‘sh" qurilma. Buning uchun barcha I/O (Input/Output) operatsiyalari e’tiborga olinmaydi, ammo dastur I/O muvaffaqiyatli bo‘lganligi aytiladi.
Operatsion tizim shunchaki bunday nomli fayllarni ro‘yxatdan o‘tkazmaydi. Ba’zan tizim qurilmasi nomlarini ishlatish juda qulaydir. Masalan, COPY buyrug’i bilan faylni COPY PAP.TXT PRN printeriga yoki COPY PAP.TXT CON ekraniga osongina chiqarishingiz mumkin, siz klaviatura yordamida diskda fayl yaratishingiz mumkin: COPY CON PAP.TXT. Biroq, bu nomlar fayl kengaytmalari sifatida haqiqiydir, masalan: TEST.PRN, 1A.CON. Faylni yaratganda yoki tarkibini o‘zgartirganda, sana va vaqt avtomatik ravishda taqvim va tizim soatlariga ko‘ra qayd etiladi. Faylning nomi, turi, hajmi baytlarda, sana va vaqt katalogda o‘rnatiladi va uning xususiyatlari hisoblanadi.
Ko‘p buyruqlar (nusxalash, o‘chirish, pechatga chiqarish va hk) shablonlardan bir katalogdagi bir nechta fayllarni bir vaqtda belgilash uchun foydalanadi. * Belgisi fayl nomlari va kengaytmalar uchun ruxsat berilgan ixtiyoriy sondagi belgilarni anglatadi va “?” ixtiyoriy bitta belgini bildiradi. Shablonlarga misollar: