Raqamli texnologiyalar vazirligi



Yüklə 111,08 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü111,08 Kb.
#202738
1   2   3   4   5   6   7   8
Falsafa Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha

aloqador shaxslar - xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;
ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;
korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;
kontragent (shartnomaviy sherik) - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;
korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;
korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani yaʼni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, vaʼda qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

Yüklə 111,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin