Baʼzi hollarda raqamli sxemalar bir xil vazifani bajarish uchun analog davrlarga qaraganda koʻproq quvvat sarflaydi va koʻproq issiqlik hosil qiladi, bu esa sxemaning murakkabligini oshiradi, masalan, sovutgichni qoʻshish. Bu ularning akkumulyatorli portativ qurilmalarda foydalanishini cheklashi mumkin.
Misol uchun, uyali telefonlar koʻpincha tayanch stantsiyadan radio signallarini kuchaytirish va sozlash uchun kam quvvatli analog interfeysdan foydalanadi. Biroq, tayanch stansiya quvvat talab qiladigan, lekin juda moslashuvchan dasturiy taʼminot bilan belgilangan radio tizimidan foydalanishi mumkin. Bunday tayanch stantsiyalar yangi uyali aloqa standartlarida ishlatiladigan signallarni qayta ishlash uchun osongina qayta dasturlashtirilishi mumkin.
Bundan tashqari, analog signalni raqamliga oʻtkazishda maʼlumotni yoʻqotish mumkin. Matematik jihatdan bu hodisani yaxlitlash xatosi deb taʼriflash mumkin.
Baʼzi tizimlarda bitta raqamli maʼlumotlarning yoʻqolishi yoki buzilishi katta maʼlumotlar bloklari maʼnosini butunlay oʻzgartirishi mumkin.
Internetda fayllardan uzoq vaqt foydalanish bilan ular turli xil buzilishlarga duch kelishi mumkin (qirqish, oʻlchamlarni kamaytirish, logotipni qoplash, boshqa formatga oʻtkazish, metamaʼlumotlarni oʻchirish), bu „raqamli eskirish“ ga olib keladi. Ushbu jarayonning bir misoli foto hosting saytlaridan foydalanishdir. Koʻpincha foydalanuvchilar fotosuratlarni saqlash va asl nusxalarini oʻz qurilmalaridan oʻchirish uchun joy sifatida foto hostingdan foydalanadilar, bu esa ularni yomonlashgan fotosuratlar bilan qoldiradi.
Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti.
Xususan, tizimda yagona elektron platformani yaratish orqali ma'lumotlarni kiritish, to'plash, shakllantirish, tahlil qilishning zamonaviy uslubi yo'lga qo'yildi. Buning natijasida soliq hisobotlarini topshirish jarayoni 5-7 barobarga qisqardi. Ayni kezda 112 guruh va 1348 tovar va xizmatlar sinfidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi tovarlar va xizmatlarning yagona elektron tasniflagichi uchun veb-portal joriy qilingan. Mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodlari yordamida 900 mingdan ortiq elektron hisob-fakturalar yaratilgan.
Elektron hisobvaraq-fakturalarning keng joriy etilishi soliq ma'murchiligini yaxshilashga olib keldi. O'tgan yilning ikkinchi yarim yilligida ushbu elektron tizim orqali 798,4 trillion so'mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki bu ko'rsatkich birinchi yarim yillikka nisbatan 3,5 baravarga oshdi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi
Dostları ilə paylaş: |