RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI FAKULTETI
Ats-1221 GURUH TALABASINING
MALUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH
FANIDAN
5-Amaliy ishi
Bajardi: Murodaliyev S
Qabul qildi: Uzaqov N
Mavzu: Ko‘pjadvalli amallardan foydalanish, Ma’luotlar bazasini xavfsizligini ta’minlash, SQL orqali tranzaksiyalarni boshqarish
Ishdan maqsad: Ma`lumotlar bazasidan ma’lumotlar olishda bir nechta jadvallarni bog’lagan savollardan foydalanish ko`nikmasiga ega bo`lish.
Ishning bajarish tartibi:
Ma`lumotlarni saralashda ko‘pjadvalli amallarni ishlab chiqish.
Relyatsion amallarga mos bo`lgan bir nechta jadvallardan ma`lumotlar tanlab olishni ham bajarish mumkin. Buning uchun jadvallarning qaysidir atribut qiymatlari bir-biriga mutanosib bo`lishi talab etiladi. Ya`ni atributlarning nomi turlicha bo`lishi mumkin, lekin ulardagi ma`lumot turlari mos bo`lishi kerak. Qoidaga ko`ra, ma`lumotlar tanlab olinadigan jadvallar u yoki bu shaklda bir biri bilan bog`langan. Masalan, birga ko`p, birga bir, ko’pga bir, ko’pga ko’p.
Agar jadvalllar to`plam deb qaraladigan bo`lsa, umumiy holda to`plamlar ustida asosan quyidagi 3 amal bajariladi.
Kesishma – ikki yoki undan ko`p turlicha bo`lgan to`plamlarning umumiy elementlarini belgilash uchun foydalaniladi.
Ayirma – birinchi to`plamda mavjud, lekin ikkinchi to`plamda shu elementlar yo`q bo`lgan boshqa elementlarni tanlashda foydalaniladi
Birlashma – ikki yoki undan ko`p o`xshash bo`lgan to`plamlarni birlashtirishda ishlatiladi.
Bundan ko`pjadvalli so`rovlarni uch guruhga ajratish mumkin:
|