JOIN – jadvallarni gorizontal birlashtirish bo`yicha amallar
UNION – so`rov natijalarini vertikal birlashtirish amallari.
Endi jadvallarni o`zaro birlashtirish yoki bog`lash guruhlari bo`yicha amallarni misollar orqali ko`rib o`tiladi.
Ko`pchilik holatlarda butun MBdan amaliy ahamiyatli natijalarni olishda ko`p jadvalli murakkab so`rovlarni yaratishga to`g`ri keladi. Hozirgi kunda MBBTlarida bir nachta jadvallarning mos atributlari bo`yicha o`zaro bog`lanishni ta`minlovchi standartlar mavjud. Bular zarur ma`lumotlarni turli jadvallardan olishda jadvallarni o`zaro gorizontal bog`lanishni (JOIN) ta`minlaydi. Bu yerda o`ng tomon va chap tomon jadvallar tegishli artibutlari biror shart asosida birlashtiriladi. Gorizontal bog`lanish bir nechta turga ajratiladi: Join, Left Join, Right Join, Full Join, Cross Join, Natural Join.
Bizga Authors va Books jadvallari berilib bu jadvallarni vertikal birlashtirishda ularning mos AuthorID va BookID atributlari qaraladi.