Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
Masalani eng muhim jihatlaridan biri, avvalo olib borilayotgan siyosatni insonparvarlik 
tamoyillariga asoslanishini e'tibor qaratilishi hech kimga sir emas. 
«Davlatni boshqarish to'g'risida ikki risola» asarida Lokk har qanday zamonaviy sotsial 
hodisa, xususan, davlat boshqaruvi kabi katta ijtimoiy ahamiyatga molik hodisani tushunishga 
intilish bizni bu masalaning tabiati va mohiyatiga murojaat qilishga undaydi, degan fikrni bildirib 
o'tadi. Jamiyatda yuz beradigan ko'pgina voqea-hodisalar boshqaruv masalasi bilan bog'liq. 
Lotincha "administratio" degan atama rahbarlik qilishni (kimgadir, nimagadir) bildiradi. 
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik 
usullaridan keng foydalanildi. Mazku maqolada Jon Lokkning siyosiy-falsafiy qarashlarida davlat 
boshqaruvi va uning bugungi kundagi xususiyatlari haqida fikrlar tahlil qilindi. Jon Lookning" Tabiat 
qonuni bo'yicha tajribalar" nomli kitobi metodologik manba bo'lib belgilandi. Shu bilan birga Sh.M. 
Mirziyoyevning asarlaridan keng foydalanildi. 
Lokk fikricha, boshqaruv - bu hech istisnosiz barcha tashkilot a'zolarining faoliyat 
yo'nalishini ta'minlaydigan, butun tashkilot va uning ayrim qismlarini belgilangan maqsad 
doirasida ushlab turadigan ushbu tashkilotning spetsifik, ya'ni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lgan 
idorasining vazifasi. 
Masalan, davlat musassasasidagi bo'lim xodimlar ish vaqti, ular mehnatining miqdori va 
sifatini, boshqa bo'limlar bilan munosabatlar va boshqa holatlarni nazorat qiladigan me'yor va 
qoidalarga ega. 
Bu bo'lim rahbariyati, boshqaruv vazifasini bajarar ekan, mukofotlash yoki jazolash 
usullarini qo'llagan holda, amalda bu me'yor va qoidalarga qanchalik rioya etilayotganini nazorat 
qiladi. Lokk fikricha, boshqaruvning umumiy xususiyatlari quyidagilar: 1. Harakat va 
bashoratlarning umumiy yo'nalishlarini rejalashtirish. 2. Insoniy va moddiy resurslarni tashkil 
qilish. 3. Xodimlar harakatini qulay holatda ushlab turish uchun farmoyish va ko'rsatmalar berish. 
4. Umumiy maqsadlarga erishish uchun turli harakatlarni muvofiqlashtirish hamda tashkilot 
a'zolari xatti-harakatlarini mavjud qoida va me'yorlarga muvofiq holda nazorat qilish. 
Aytish kerakki, bular boshqaruv bo'yicha mutaxassis amalga oshirishi mumkin bo'lgan 
harakatlarning barchasi emas. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, bunday mutaxassisning reklama 
ishlari, qo'shimcha mablag'lar undirish va ko'pgina boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanishiga 
to'g'ri keladi. Haqiqiy boshqaruvchi yuksak malakali xodim bo'lishi o'z-o'zidan ravshan. Tashkilotda 
boshqaruv vazifalarini bajarish bilan shug'ullanadiganlar byurokratik ma'muriyat deb ataladigan 
alohida guruhga kiradi. 
Lokk, biz boshqaruv tegishli ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish yo'lida amalga 
oshiriladigan faoliyatlarni o'zida mujassam etadi, degan xulosaga kelamiz deydi. 


126 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin