Raqamli texnologiyalarning Yangi O‘zbekiston rivojiga ta’siri


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING



Yüklə 109,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/355
tarix27.12.2023
ölçüsü109,74 Kb.
#200050
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   355
15-8-PB

 
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING 
YANGI 
O‘ZBEKISTON
 RIVOJIGA 
TA’SIRI
 
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
-
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish sohasida yakka 
tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi; 
-
bolalarning axborotga oid va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shuningdek ma’naviy
-
axloqiy tarbiyasiga doir faoliyatda ishtirok etadi;

ta’lim muassasalarida bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotni o‘z ichiga olmagan 
axborot resurslaridan foydalanishni ta’minlash uchun zarur shart
-sharoitlar yaratadi.Bolalarning 
sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborot jumlasiga bolalar o‘rtasida tarqatilishi taqiqlangan axborot 
mahsuloti, ya’ni muayyan yosh toifalaridagi bolalar o‘rtasida tarqatilishi cheklangan axborot 
mahsulotlarini aytish mumkin.Bolalarni ula
rning hayotiga va sog‘lig‘iga xavf soladigan xatti
-
harakatlarni sodir etishga, shu jumladan o‘z sog‘lig‘iga zarar yetkazishga, o‘z joniga qasd qilishga va 
shunday harakatlarni targ‘ib qilishga undaydigan, shuningdek bolalarda alkogolli va tamaki 
mahsulotlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki aql-
iroda faoliyatiga ta’sir 
etuvchi boshqa moddalarni iste’mol qilish, qimor o‘yinlarida, ommaviy tartibsizliklarda ishtirok 
etish, fohishalik, darbadarlik, tilanchilik yoki g‘ayri
-ijtimoiy xatti-harakatning boshqa shakllari bilan 
shug‘ullanish istagini paydo qiladigan axborotlarni tushunish
mumkin.
Shu bilan birga odamlarga yoki hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik va shafqatsizlik qilish 
mumkinligini asoslaydigan yoki oqlaydigan yoxud 
zo‘ravonlik xatti
-harakatlarini amalga oshirishga 
undaydigan hamda oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ‘ib qiladigan, shuningdek 
ota-
onasiga va oilaning boshqa a’zolariga nisbatan hurmatsiz munosabatni shakllantiradigan 
shuningdek g‘ay
riqonuniy xulq-atvorni oqlaydigan va huquqbuzarlik sodir etishga olib keladigan 
ma’lumotlar ham bolaning qalbini jarohatlaydi. 
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda bolalar o‘rtasida buzg‘unchilik g‘oyalarini targ‘ib 
etishga chaqiradigan, uyatli so‘zlarni o‘z ichiga olgan, pornografiya xususiyatiga ega bo‘lgan 
axborotni o‘z ichiga olgan, shafqatsizlik, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik, jinoyat yoki jamiyatga qarshi 
boshqa xatti-
harakatlar tasvirlangan, bolalarda qo‘rquv, vahima yoki sarosima uyg‘otadigan, shu 
jumladan kuch ishlatilmagan o‘limni, kasallikni, o‘z joniga qasd qilishni, baxtsiz hodisani, avariyani 
yoki falokatni va ularning oqibatlarini inson qadr-qimmatini kamsitadigan shaklda tasvirlash yoki 
bayon etish tarzida taqdim etiladigan, erkak va ayol o
‘rtasidagi jinsiy munosabatlarni tasvirlash 
yoki bayon etish tarzida taqdim etiladigan axborot mahsulotlari to‘lib yotibdi. Afsuski bunday 
ma’lumotlarni zararsizlantirish mexanizimi yoki unga to‘siq qo‘yish imkoniyati bugungi kunda 
mavjud emas.Darhaqiqat, bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash, 
ma’naviy salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol
-
yaroqlar emas, balki “fikrga qarshi faqat fikr, 
g‘oyaga qarshi faqat g‘oya” bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi 
kuchli bo‘lsa, o‘sha yengib chiqadi. Mamlakatimiz kelajagini ta’minlaydigan, ma’naviy dunyosi 
butun, axloqan pok, O‘zbekistonning yangi rivojlanish bosqichida samarali mehnati, dunyoviy 
fanlarni chuqur o‘zlashtirgan yoshlarni tarbiyalash ta’
lim tizimidagi asosiy vazifa hisoblanadi. 


131 

Yüklə 109,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   355




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin