RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi 2017-
2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat
qurilishi tizimini takomillashtirishning beshta ustuvor yo‘nalishidan biri “Xavfsizlik, millatlararo
totuvlik va
diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy
tashqi siyosat” qilib belgilanganligi voyaga yetmaganlar orasida ma’naviy tahdidlar mazmunini fosh
qilish va vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantirish bilan bog‘liq i
lmiy muammolarni tadqiq
etish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 19 martda
videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilib, bu yig‘ilishda yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish,
ularn
i madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot
texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida
kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin
-
qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u
berildi. Aytish
kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning
ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan
ham dolzarbroq ekanini anglangan xolda, davlatimiz rahb
ari tomonidan ijtimoiy, ma’naviy
-
ma’rifiy
sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish maqsadida 5 ta muhim tashabbus ilgari
surildi. Bugungi kunda har-
bir tashabbus bo‘yicha mamlakatimizda chora
-tadbirlar dasturlari
ishlab chiqilib yurtimiz yoshlari ijtimoiy-iqtisodiy xayotiga tadbiq etilmoqda. Amalga oshirilayotgan
ishlarning pirovard maqsadi yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni yangi
bosqichga ko‘tarish, ularda buzg‘inchi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini
mustaxkam shakllantirishdan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy
-
ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish zarurligi haqida
shunday yozadi: “Albatta, biz mustaqil fikrlaydigan, zamona
viy bilim va kasb-hunarlarni egallagan,
mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha katta ishlarni amalga
oshirmoqdamiz. Ammo xolisona tan olib aytadigan bo‘lsak, bugungi kunda butun dunyoda
aholining, birinchi navbatda, yoshlarning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash
borayotganini, diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar
kuchayayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy
-
ma’rifiy sohadagi
ishlarimiz
ni bir zum susaytirmasdan, aksincha, ularni yangi bosqichga ko‘tarishimiz zarur”.
Darhaqiqat, bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga yetdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy
salohiyat yetakchi o‘ringa chiqdi.