O‘zbekiston respublikasi prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan boyovut tumani sektor rahbarlarining axborotlari to‘G‘risida
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS SENATINING YOSHLAR, MADANIYAT VA SPORT MASALALARI QO‘MITASI
XALQ DEPUTATLARI BOYOVUT TUMANI KENGASHINING
QO‘SHMA QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI TOMONIDAN ILGARI SURILGAN BESHTA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN BOYOVUT TUMANI SEKTOR RAHBARLARINING AXBOROTLARI TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash yuzasidan 131,6 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi Boyovut tumanida 2020-yilda muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida hisobot yilida jami 678 ta tadbir tashkil etilgan.
Tumandagi madaniyat markazlari, bolalar musiqa va san’at maktabi xamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga quyilgan.
Tuman mahalliy budjetidan barcha umumta’lim muassasalariga cholg‘u asboblari, jumladan, 80 ta qoshgar rubobi, 80 ta dutor, 108 ta doira uchun 148,8 mln so‘m yo‘l mablag‘lari ajratilgan.
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun tumanda jami 251 ta sport inshootida mashg‘ulotlar olib borilib, 8 756 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli Farmoniga asosan Boyovut tumani belbog‘li kurash, badminton, shaxmat, voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan. Mazkur sport turlari bo‘yicha tumanda jami 132 ga musobaqa o‘tkazilib, 20 460 nafar yosh qamrab olingan, Ixtisoslashgan sport turlari bo‘yicha tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabiga 32 nomdagi jami 245 ta sport jihozi berilgan.
Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish uchun tumanda “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi” ochilgan.
Tumandagi 55 ta umumta’lim va 2 ga ixtisoslashtirilgan maktabning barchasi kompyuter texnikalari bilan to‘liq ta’minlangan xamda optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan.
To‘rtinchi tashabbus — aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida 9 ta umumiy urta ta’lim maktablarining kutubxonalarida “tayanch kutubxonalar” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, ta’lim muassasalari jami 25 200 nomdagi 42 968 ta badiiy adabiyot bilan ta’minlangan.
Butun dunyoda hukm surgan pandemiya tufayli mamlakatimizda joriy etilgan karantin cheklovlari davrida o‘quvchilar bilan kitobxonlik onlayn tanlovlari o‘tkazilib, ularga 854 nafar o‘g‘il-qiz jalb qilingan.
Beshinchi tashabbus — xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash yo‘nalishida qurilgan chora-tadbirlar natijasida 2020-yilda 3 662 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlangan. Jumladan, “Mikrokreditbank” ATB Boyovut filiali tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 160 nafar xotin-qizlarga 3,2 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. 27 ta yo‘nalishda 422 nafar xotin-qiz qisqa muddatli kasb-hunar o‘quv kurslarida o‘qitilib, ishga joylashtirilgan. 25 nafar ayolga tikuv mashinkasi olib berilgan.
Tumanda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda beshta muhim tashabbusni chinakam xalq harakatiga aylantirish borasida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar xam mavjud.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 12-sonli bayoni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qarori tumandagi mahallalarga yetib bormagan.
Beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar asosan ta’lim muassasalaridagina tashkil etilib, 18 — 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni mazkur jarayonga jalb qilish, mahallalar va oilalarga beshta muhim tashabbusni olib kirish ishlari qoniqarsiz ahvolda.
Tumandagi 17, 49-maktablarni 2020-yilda bitirgan birorta qam o‘quvchi oliy ta’limga kirmagan bo‘lsa, 32, 53-maktabdan bir nafar. 9, 13, 16, 21, 26-maktablardan esa faqatgina ikki nafardan o‘quvchilar oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan.
Yoshlar soni 21 131 nafarni tashkil etadigan tumanda birinchi tashabbus doirasida 480 nafar o‘g‘il-qiz madaniyat va san’at muassasalariga qamrab olingan. Bu esa umumiy yoshlar sonining 2,05 foiziga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etish orqali ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 923-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar madaniyat bo‘limi tomonidan amalga oshirilmagan.
Tuman madaniyat bo‘limida faoliyat olib borayotgan 52 nafar xodimning 3 nafarigina oliy ma’lumotli, 24 nafari urta maxsus, 25 nafari esa urta ma’lumotga ega. Kadrlarni ishga qabul qilishda mutaxassisligi, ma’lumoti, tajribasi kabi jihatlarga e’tibor berilmagan.
Tumandagi to‘rtta madaniyat markazi, 11 ta umumta’lim maktabida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati to‘liq nazoratga olinmagani sababli o‘quvchilar sonini “qo‘shib yozish” holatlari ko‘paygan.
Bundan tashqari, 11 ta umumta’lim maktabida tashkil etilgan to‘garaklarning 3 tasi 2 turdagi 6 ta musiqa cholg‘u asbobi bilan ta’minlangan bo‘lib, qolgan umumta’lim maktablarini musiqa cholg‘u asboblari bilan ta’minlash bo‘yicha hech qanday chora ko‘rilmagan.
Shu bilan birga “Parvoz” o‘smirlar va “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilmagan.
Tumandagi 5-son bolalar musiqa va san’at maktabida beshta tashabbus doirasida kadrlar yetishmovchiligi sababli qo‘shimcha sinflar tashkil etilmagan.
“Yurt bayrog‘i” nomli madaniyat va istirohat bogi qarovsiz ahvolda. 2019-yilda boshlangan Boyovut madaniyat markazi binosini ta’mirlash ishlari hamon nihoyasiga yetkazilmagan.
Ikkinchi tashabbus doirasida olis va chekka qishloqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida yengil konstruksiyali “sendvich-panel”dan kichik sport zallarini barpo qilmagan.
Hududlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilarni aholi soniga nisbatan 25 foizga yetkazish ishlari bajarilmagan.
Bandligi ta’minlanmagan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha tuman (shahar)larning 2019 hamda 2020-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ijrosiga mahalliy budjet hisobidan 350 mln so‘mdan mablag‘ ajratilmagan.
Tuman bolalar-o‘smirlar sport maktabi, uning filiali hamda umumiy urta ta’lim maktablarida aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun imkoniyat yaratilmagan.
Sektor rahbarlari kubogi uchun ommaviy sport musobaqalari tashkil qilish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan.
Uchinchi tashabbus doirasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi”da “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarning bepul o‘quvini tashkil qilish ishlari deyarli olib borilmayapti.
Tumandagi umumiy urta ta’lim maktablarida axborot texnologiyalari, robototexnika yo‘nalishida to‘garaklar yetarli darajada tashkil qilinmagan.
To‘rtinchi tashabbus doirasida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish ishlari ham qoniqarli emas. Uzoq yillar 46 sonli umumiy urta ta’lim maktabi binosida faoliyat olib borgan tuman axborot-kutubxona markazi imkoniyatidan aholi deyarli foydalanmagan. Mazkur axborot-kutubxonaga ajratilgan bino talabga javob bermaydi, kitob javonlari yetishmaydi, mutolaa xonasi mavjud emas. Axborot-kutubxonaga o‘tgan yilda bor-yo‘g‘i 176 nomdagi 200 dan ortiq kitob xarid qilingan.
Tumandagi ta’lim muassasalari kutubxonalarida ham adabiyotlar yetishmaydi. “Maktabimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi doirasida barcha ta’lim muassasalari chulik qamrab olinmagan.
Eshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tanlovlar tashkil qilishga yetarlicha e’tibor qaratilmagan.
Beshinchi tashabbus doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash ishlari talab darajasida emas. 2021-yilning birinchi choragida “Ustoz-shogird” an’anasi doirasida hamda jamoat ishlariga jalb qilish va subsidiya ajratish orqali 4 ga sektorda 132 nafar yoshlar bandligi ta’minlanishi belgilangan. Biroq mazkur yo‘nalishda hamon birorta ham amaliy ish boshlanmagan.
Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammosini hal etish yo‘nalishida birinchi chorakda 4 ta sektorda 30 nafar o‘g‘il-qiz qamrab olinishi kuzda tuzilgan. Lekin ushbu masalada ham amaliy ish qilingani haqida ma’lumot mavjud emas.
Birinchi Boyovut hududida 7 ta mahallada 17 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, shundan 9 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Ammo, mazkur hududda birorga ham tikuvchilik majmuasi faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq ish beruvchilarga Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasi bo‘yicha ishga qabul qilingan xodimlarning malakasini oshirish yo‘nalishida tumandagi “Stellamoda” MChJda 120 nafar xotin-qizning malakasi oshirilib, ishga joylashtirilgan bo‘lsa-da, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 198 mln so‘m mablag‘lar Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan “Stellamoda” MChJ hisob raqamiga moliyalashtirilib berilmagan.
Senat Kengashining 2020-yil 13-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida beshta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan hududlardagi sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishni yo‘lga qo‘yish tavsiya etilgan. Ammo xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashida mazkur jarayon muntazam amalga oshirilmagan.
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 18-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida Boyovut tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman 4 ta sektor rahbarining hisoboti xamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi ishchi guruhining ma’lumotlarini eshitib, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida Boyovut tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman 4 ta sektor rahbarining hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Beshta muhim tashabbus doirasida tumanda, ayniqsa, mahallalarda amalga oshirilgan ishlar talab darajasida emas deb hisoblansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani ko‘llab-quvvatlash vazirligi:
barcha mahallalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-martda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 12-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi qarorlari yetib borishini va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi to‘liq bajarilishini ta’minlasin.
Mahallalardagi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholini beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarga jalb etish choralarini ko‘rsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Boyovut madaniyat markazida boshlangan qurilish-ta’mirlash ishlarini to‘liq sifatli bajarish va jihozlash ishlarini 2021-yilning21-martiga kadar yakunlash;
Boyovut tumani hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda tumandagi “Yurt bayrog‘i” nomli madaniyat va istirohat bog‘i faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yo‘lga kuyish;
tuman (shahar)lardagi madaniyat bo‘limlari, markazlari, teatrlar hamda muzeylarda tashkil etilgan “Yoshlar klubi” va to‘garaklar ish rejasi, ma’mulotlar jadvalini takomillashtirish xamda ularga yoshlarni jalb etish ishlarini samarali tashkil etish;
tuman (shahar)lardagi madaniyat bo‘limlari, bolalar musiqa va san’at maktablarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan to‘liq ta’minlash hamda shu orqali ta’lim va to‘garaklar mashg‘ulotlari sifatini oshirish;
tumanlardagi madaniyat bo‘limlarida yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etish choralarini kursin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
2019-2020-yillarda bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga kirmagan yoki bu borada ko‘rsatkichlari talab darajasida bo‘lmagan umumiy urta ta’lim maktablaridagi o‘quv jarayonlarini sifat jihatdan yaxshilash;
hududlardagi madaniyat markazlari bilan hamkorlikda barcha umumiy urta ta’lim maktablarida beshta muhim tashabbus doirasida to‘garaklar tashkil etish hamda ularni zaruriy cholg‘u asboblari bilan ta’minlash;
darslardan keyingi vaqtlarda ta’lim muassasalaridagi sport inshootlaridan yaqin atrofdagi mahalla aholisi foydalanishi uchun sharoit yaratish ishlarini amalga oshirsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
hududlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilarni aholi soniga nisbatan 25 foizga yetkazish;
bolalar va o‘smirlar sport maktablaridagi imkoniyatlardan aholi foydalanishini yo‘lga kuyish;
Boyovut tumanidagi 13 ta sport iishootida ta’mirlash ishlarini tashkil etish choralarini ko‘rsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va urta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasiga va Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlariga jalb qilish yuzasidan bir oy muddatda hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qarorida belgilangan vazifalarning, xususan, 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi haqida bir oy muddatda Senatga axborot taqdim etsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi yo‘llanmasi bo‘yicha 120 nafar xotin-qizning malakasini oshirgan “Stellamoda” mas’uliyati cheklangan jamiyati uchun bir oy muddatda 198 mln so‘m pul mablag‘ini moliyalashtirish;
yangi tashkil etilgan 4 ta ishlab chiqarish kooperativiga ko‘maklashish uchun Boyovut tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xarajatlar smetasiga Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasidan 367,5 mln so‘m pul mablag‘ini ajratish choralarini ko‘rsin.
10. Boyovut tumani hokimligi 9 ming nafardan ortiq xotin-qizlar istiqomat qilayotgan birinchi Boyovut hududida yengil konstruksiyali tikuvchilik majmuasi faoliyatini Yo‘lga kuyish choralarini kursin.
11. Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashiga:
tuman Kengashi sessiyalarida beshta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan sektorlar rahbarlari hisobotlarini xar chorakda eshitib borish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasini “Yoshlarni kullab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2021-yil 3-fevralda”gi PF-6155-sopli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini, xususan, mehribonlik uylarining chin yetim bitiruvchilarini uy-joy bilan ta’minlash topshirig‘i bajarilishini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin.
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari D. Tashmuxamedova zimmasiga hamda Boyovut tuman Kengashi kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi Raisi B. SAYFULLAYEV Boyovut sh.,
2021-yil 25-fevral,
19/118-6-son
Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashi raisi D. O‘RALOVA Boyovut sh.,
2021-yil 25-fevral,
19/118-6-son