Kalit so‘zlar: sholi, aerenxima, oryza sativa L, to‘pguli , ro‘vak.
Ключевые слова: рис, аэренхима, Oryza sativa L, клубень, клубень
Sholidan mo‘l hosil yetishtirish birinchi navbatda dalada yuqori hosilni ta’minlaydigan
ko‘chat qalinligiga erishishga bog‘liq. Yetarli ko‘chat qalinligiga erishish uchun esa ekishni o‘z
vaqtida, sifatli amalga oshirilishi kerak. Sholining yaxshi o‘sishi va rivojlanishi, hosildorligini
ortishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri urug‘ni
ekish muddatidir. Sholi qulay, maqbul
muddatlarda ekilganda urug‘larning to‘la unib chiqishi ta’minlanadi. Sholi eng qimmatli oziq
-ovqat
ekinlaridan biridir. Dunyo dehqonchiligida u ekilish maydoni va yalpi hosiliga ko‘ra bug’doydan
keyin ikkinchi o‘rinni
egallaydi. Sholi ekin maydonlarining asosiy qismi janubi-sharqiy Osiyo
mamlakatlariga, birinchi navbatda Birma, Xindiston, Indoneziya, XXR, Tailand, Filippin davlatlariga
to‘g‘ri keladi. Umuman Osiyo mamlakatlari hissasiga sholining butun dunyodagi ekin
m
aydonlarining 90 % to‘g’ri keladi. Bu mintaqa dunyo bo‘yicha yalpi sholi hosilining 90 %
yetishtiriladi. Keyingi 15 yil davomida bu mintaqada sholi hosildorligi 30 % ko‘proq oshgan. Lotin
Amerikasida ham sholining yalpi hosili ekin maydonlarining kengayishi hamda hosildorlikni
oshirish hisobiga ko‘paydi. Sholining dunyoda o‘rtacha hosildorligi 39,7 s/ga (2004 y) tashkil qildi.
Yalpi hosil dunyo bo‘yicha 608,5 mln.t bo‘lgan. Rivojlangan mamlakatlarda dunyodagi sholi
maydonining 3 % joylashgan, ammo dehqonchi
lik madaniyati yuqori bo‘lganligi tufayli ular sholi
doniga bo‘lgan ichki ehtiyojini to‘la qondirib, ayrimlari sholi sotish bo‘yicha yirik eksport qiluvchi
mamlakatlarga aylangan. Italiya, Avstraliya, AQSh sholi hosildorligi o‘rtacha 60 s/ga atrofida.
Dunyoda hozirda eng yirik sholi eksport qiluvchi davlatlar AQSh va Tailand. Ularga dunyoda sholi
eksportini 1/4 qismi to‘g‘ri keladi.