RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Meva va sabzavotlarning pastillalarini yangi usullardan foydalanib quritish apparatining
energiya samaradorligini oshirish vazifalari ham dolzarb hisoblanadi.
Meva-
sabzavotchilik quyi tarmog‘i O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i
hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati
tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondiradi. Meva
-
sabzavotchilik O‘zbekiston uchun
jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integratsiyalashuvni va valyuta tush
umini ta’minlab beruvchi
tarmoqlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 28 yanvardagi 03
-13-1-sonli
“Respublikadagi meva
-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda 2014 yilda oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish
ni ko‘paytirish, ularni qayta ishlashni salmog‘ini, eksport hajmini
oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilishi qarori asosida aholini oziq
-ovqat mahsulotlari bilan
uzluksiz ta’minlash, qayta ishlash, eksport hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozordag
i narx-navolar
barqarorligini ta’minlash maqsadida respublikadagi meva
-sabzavotchilikka ixtisoslashgan
tumanlarda meva-
sabzavot, uzum, poliz va kartoshka mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paytirishni,
yangi intensiv mevali bog‘lar barpo loyihalarini amalga
oshirish ko‘zda tutilgan.
Respublikamizning iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligi past bo‘lishi mevalarni
oftobda quritish uchun juda qulay bo‘lib hisoblanadi. Oftobda quritilgan mahsulot, sun’iy
quritilganiga nisbatan sifati bo‘yicha juda yuqo
ri baholanadi.
Respublikamizda tabiiy sharoitning qulayligi meva va sabzavotlarni shamollatib va oftobda
quritish imkonini beradi. Meva-sabzavotni quritishdan maqsad ularning namini qochirib,
mikroorganizmlar rivojlana olmaydigan hamda har xil biologik ja
rayonlar ro‘y bermaydigan holga
keltirishdir. Quritishning shunday bir meyori borki, namlik miqdori o‘sha darajadan pasaysa
mikroorganizmlar rivojlana olmaydi. Bu minimal daraja bakteriyalar uchun 30 % ni, achitqi
bakteriyalari uchun 15-20 % ni tashkil qiladi. Shu sababli quritishdan keyin sabzavotlarning namligi
15-
25 % bo‘lsa, ularni chiritmay sifatli saqlash mumkin.
Sifatli meva va sabzavot mahsulotlari olish uchun ularni tez va yaxshi quritishni ta’min
etadigan sharoit yaratish lozim. O‘rta Osiyoda sabz
avotlar asosan oftobga yoyib quritiladi. Bu
sharoitda arzon va sifatli mahsulot olish uchun quritish punktlarini to‘g‘ri tanlash va tashkil etish,
belgilangan texnologiyaga amal qilish, xom ashyoni tayyorlashda ilg‘or usullarni qo‘llash lozim.
Meva va sabzavotlarni quritishning ahamiyati juda ham yuqori hisoblanadi.
Birinchidan meva va sabzavotlarni sifatli quritishni tashkil qilish bilan bog‘dorchilik va
sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga,
ularning raqobatbardoshligini oshirishga va yanada iqtisodiy jihatdan taraqqiy etishiga erishiladi.