299
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING
YANGI
O‘ZBEKISTON
RIVOJIGA
TA’SIRI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi
QISHLOQ XO’JALIGINI RAQAMLASHTIRISHNING STRATEGIYASI VA RIVOJLANISH
YO’NALISHLARI
Kenjayev Toshbolta Aminovich
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi
kenjayevtoshbolta@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar qishloq xo'jaligiga
qanday joriy
etilayotganini tanqidiy ko'rib chiqadi. Maqolada qishloq xo’jaligi uchun yangi texnologiyalarning
paydo bo’lishi va raqamlashtirish strategiyalari bayon qilingan.
Kalit so’zlar:
qishloq xo’jaligi, raqamli qishloq xo‘jaligi, “aqlli” qishloq xo’jaligi, dronlar.
Qishloq xo’jaligining eng asosiy vazifasi Respublika hududidagi qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarning xomashoga, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talablarini qondirishdir.
Shu bilan birga, tarmoq tas
hqi bozor talabini qondirishda ham
qatnashishi maqsadga muvofiqdir [3].
Bu o’rinda eslatib o’tish kerakki, qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chib,
tarmoqda yetishtirilgan mahsulotlarning,
chunonchi, urug’lik, yem
-xashak, ozuqa kabilarning
ma’lum bir qismi ichki talabni qondirishga sarflanadi. Aks holda, tarmoqda takror ishlab chiqarish
jarayonining rivojlanishi ta’minlanmaydi.
Qishloq xo’jaligi korxonalari ishlab chiqarishining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish
asosida rivojlanish
ini ta’minlash uchun yetishtirilgan mahsulotlarning
bir qismi bu boradagi
talablarni qondirish maqsadida ishchi-
xizmatchilarga ish haqi o’rniga miqdor holida beriladi,
ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi. Hozirgi davrda qishloq xo’jaligi korxonalarid
a
yetishtirilayotgan mahsulotlar muayyan kanallar bo’yicha taqsimlanmoqda va sotilmoqda [3].
Agrar islohotlaning hozirgi bosqichidagi asosiy vazifa, ichki bozorda iste’molning o‘sishi
va tashqi bozor konyunkturasidan
kelib chiqqan holda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarishni barqaror rivojlantirish hisoblanadi. Bu esa, agrooziq-ovqat sektori iqtisodiyotning
barcha tarmoqlari bilan kompleks va mutanosib rivojlanishini ta’minlash, qishloq xo'jaiigini
barqaror rivojlantirshning ishlab chiqiladigan strategiyasi asosida qishloqda turmush
darajasini yuksaltirish va sifatini oshirish,
aholini oziq-
ovqat bilan ta’miniash va fermer
xo'jaliklari rivojini har tomonlama qollab-quvvatlashning makroiqtisodiy barqarorlik bilan
o'zaro bog‘liqligiga erishilishini taqoz
o etadi[4].
OOMB (oziq-ovqat mahsulotlari bozorini) rivojlantirish borasidagi cheklovchi omillar
tarkibiga quyidagilami kiritishimiz mumkin:
1) keyingi yillarda kuzatilayotgan aholi pul daromadlarining barqaror o‘sish sur’atlariga
qaramasdan, aholi xarid qobiliyatining pastligicha
qolib ketayotganligi;
2) qishloq ishlab chiqarish infratuzilmasining yetarli darajada rivojlamagan-ligi. Fermer
xo‘jaliklari turli bozor segmentlarida, unga mos infratuzilma tarmoq
-