Keywords: neologism, online, digital technology, retronym, renaming.
Kirish. Til va texnologiya bir-
biri bilan uzviy bog‘liqdir. Birini ikkinchisidan ayirish mumkin
emas. Barcha texnologik yutuqlarning paydo bo‘lishi zamirida, albatta, til yotadi. Texnologiya
nafaqat tilning
mavjudligiga tayanadi, balki o‘zi ham til tomonidan boshqariladi, ko‘rsatmalar
beriladi va o‘zgartiriladi. Aytish mumkinki, til texnologik muvaffaqiyatni ta’minlashda eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Birinchi navbatda, texnologiyaning paydo bo‘lishi
dasturlash tili bilan
bog‘liq ekanligini ko‘rsatish mumkin. Texnologiya ishga tushirilgach esa uni tanitish, vazifalarini
tushuntirish, insonlarga u haqida ma’lumot berish uchun yana til yordamga keladi. O‘z navbatida
texnologiyaning tilga ta’siri, uning rivojiga o‘z hissasini qo‘shishi ham hech kimga sir emas. Tez
sur’atda rivojlanib borayotgan texnologik hayot natijasida tilimizda neologizmlarning paydo
bo‘lishi tezlashmoqda. Yangi turlarning va yangi so‘zlarning paydo bo‘lishi avvaldan mavjud turni
qayta nomlash ehtiyojini ham yuzaga keltirmoqda. Buning oqibatida tilimizda retronimlar soni
ortib bormoqda.
“
Retronim
–
mavjud so‘zning asl shaklini taraqqiyot yoki texnologik rivojlanish mahsuli
bo‘lgan keyingi shaklidan faqrlash uchun paydo bo‘lgan yangi n
omdir. Masalan, Birinchi jahon
urushi Ikkinchi jahon urushi sodir bo‘lgunga qadar “Buyuk urush” yoki shunchaki “Jahon urushi”
deb nomlangan. Ikkinchi jahon urushi terminining paydo bo‘lishi avvalgi urushning Birinchi jahon
urushi deb nomlanishiga sabab bo‘
ldi. Yoki avvaliga aniq sanani bilish maqsadida yaratilgan
predmet “kalendar” deb atalib, keyinchalik uning turlari rivojlanib borishi natijasida “stol
kalendari”, “yirtma kalendar”, “osma kalendar” kabi nomlar paydo bo‘ldi va ularni bir
-biridan