RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING YANGI O‘ZBEKISTON RIVOJIGA TA’SIRI Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi Raqamli
texnologiyada paydo bo‘layotgan ko‘p tushunchalar yuqoridagi misollar kabi
retronimiya hodisasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib kelmoqda. Aynan “raqamli” so‘zi bilan bog‘liq
tushunchalarning barchasi qarshisida ularning retronimi hisoblangan birliklar turibdi. Bu birliklar
tushunchalarni birlashtirish bilan birga ular o‘rtasidagi ziddiyatni ham ko‘rsatib kelmoqda.
Masalan,
oddiy texnologiya – raqamli texnologiya oddiy videodisk – raqamli videodisk oddiy fotoapparat – raqamli fotoapparat oddiy radio – raqamli radio naqd pul – raqamli pul oddiy sertifikat – raqamli sertifikat Ushbu misollarda “raqamli” so‘zi bilan hosil bo‘lgan yangi birliklar, avvalgi birliklarning
qayta nomlanishiga sabab bo‘lib, retronimik qatorni yuzaga keltirmoqda.
“Axborot
-kommunikatsiya texno
logiyalari izohli lug‘ati”da “raqamli” so‘ziga shunday ta’rif
berilgan:
raqamli ing. digital
rus.
Цифровой
Raqamlardan tashkil topgan ma’lumotlarga hamda bu ma’lumotlardan foydalanadigan
jarayonlar va funksional qurilmalarga tegishli tushuncha. [1; 199]
Xuddi shu lug‘atda “raqamli” atamasi bilan bog‘liq 27 ta birlikning izohi berilgan. Demak,
yana shuncha retronim borligi ham aniq.
Bunday holatni biz “onlayn” so‘zi bilan ham ko‘rishimiz mumkin. 2020
-yildagi pandemiya
natijasida tilimizda bu so‘z bilan bog‘liq bir qancha tushunchalar faollashdi. Tashqariga chiqa olmay
qolgan insonlar endi barcha ishlarini raqamli tarmoqqa ko‘chirishdi. Buning natijasida esa yana
tilimizda bir guruh retronimlar paydo bo‘ldi:
an’anaviy maktab – onlayn maktab