1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706
6 – modda. Maxsus vakolatli organ
Maxsus vakolatli organ:
davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
Yuridik va jismoniy shaxslarning o’z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini rivojlantirishga ko’maklashadi;
axborotlashtirish sohasida marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil etadi;
axborot resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati va xavfsizligi manfaatlarini ko’zlab axborot xavfsizligini hamda axborot tizimlaridan ustuvor foydalanilishini ta’minlaydi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7 – modda. Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi
Axborot resurslari va axborot tizimlarining huquqiy rejimi quyidagilarni belgilovchi normalar bilan aniqlanadi:
axborotni hujjatlashtirish, axborot resurslarini shakllantirish va axborot tizimlarini yaratish tartibini;
axborot resurslariga va axborot tizimlariga bo’lgan mulk huquqini;
axborot resurslarining ulardan erkin foydalanish darajasi bo’yicha toifasini;
axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish tartibini; axborot tizimlarining tarmoqlararo ulanishi tartibini.
8 – modda. Axborotni hujjatlashtirish
Axborotni hujjatlashtirish axborotni axborot resurslariga kiritishning majburiy shartidir: Axborotni hujjatlashtirish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
Axborot resurslarida saqlanadigan va ishlov beriladigan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan axborot elektron hujjat bo’lib, qog’oz hujjat bilan bir xil Yuridik kuchga ega.
Elektron hujjatni va elektron raqamli imzoni shakllantirish hamda ulardan foydalanish bilan bog’liq munosabatlar qonun bilan tartibga solinadi.