Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi va tasnifi Reja



Yüklə 337,19 Kb.
səhifə31/34
tarix23.05.2022
ölçüsü337,19 Kb.
#59055
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
1 ma'ruza Raqamli va Axborot texnologiyalarining tushunchasi 030322113706

7 – modda. Elektron hujjatning Yuridik kuchi
Elektron hujjat qog’oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil Yuridik kuchga ega bo’ladi.
8 – modda. Elektron hujjatning asl nusxasi
Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo’lsa, asl nusxadir.
9 – modda. Elektron hujjatning qog’oz nusxasi
Elektron hujjatning qog’oz nusxasi bo’lishi mumkin.
Elektron hujjatning qog’oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi.
10 – modda. Elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari
Elektron hujjatni jo’natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir.
Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin.
11 – modda. Elektron hujjatni jo’natuvchi
Elektron hujjat rekvizitlarida nomi ko’rsatilgan hamda elektron hujjatni qabul qilib oluvchiga elektron hujjatni jo’natayotgan Yuridik yoki jismoniy shaxs elektron hujjatni jo’natuvchidir.
12 – modda. Elektron hujjatni qabul qilib oluvchi
Elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan elektron hujjat qaysi Yuridik yoki jismoniy shaxsga yo’llangan bo’lsa, Shu shaxs elektron hujjatni qabul qilib oluvchidir.
13 – modda. Axborot vositachisi
Elektron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlarni shartnoma asosida ko’rsatuvchi Yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir.
Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o’zgartirishga haqli emas.
14 – modda. Elektron hujjatni jo’natish
Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo’natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo’natilgan bo’lsa, jo’natilgan deb hisoblanadi.
Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning keliShuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo’lmagan jo’natilish vaqti elektron hujjatni jo’natish vaqti deb hisoblanadi.
15 – modda. Elektron hujjatni qabul qilib olish
Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning keliShuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa:
elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko’rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo’yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;
elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini ta’minlagan axborot tizimi hatto boshqa erda joylashgan bo’lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.
16 – modda. Elektron hujjatlarni saqlash
Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Elektron hujjatlarni saqlash chog’ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog’oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati ta’minlanishi lozim.
Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Shunga o’xshash maqsadga mo’ljallangan qog’oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi kerak.
17 – modda. Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish
Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa Yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Yüklə 337,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin