Raqamli va lazerli nivelir Nivelirilarning asosiy vazifasi yer sirtida ikkita nuqta orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashdan iborat. O'lchash aniqligi bo'yicha nivelirlar 3 turga bo'linadi: 1. Yuqori aniqlikdagi, 2. Aniq nivelirlar, 3.Texnik nivelirlar
Keyingi yillarda yuqori aniqlikdagi nivelirlarning yangi turi - elektron raqamli invelirlar ishlab chiqildi va ular ishlab chiqarishda keng qo'llanilmoqda. Bularga misol qilib Dini 11, Dini 21, Carl Zeiss (Germaniya), Dini 12, Dini12T, Dini22 Trimble (AQSh), DNA03, DNA10 Leica (Shveysariya) raqamli nivelirlarni keltirish mumkin.
Dini 21 elektron nivelirining ko'rinshi
An'anaviy nivelirlardan raqamli nivelirlar elektronika bilan jihozlanganligi va maxsus ish dasturlari bilan ta'minlanganligi uchun farq qiladi. Bu esa dala o'lchash ishlarini va natijalarini ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi, jumladan:
✓ shtrix-kodli nivelir reykasi bo'yicha sanoq olishini avtomatik ravishda bajarishi;
✓ o'lchash natijalariga ko'rish trubasi vizir o'qining silindrik adilak o'qiga parallel emasligi (i burchagiga), hamda yer egriligi va qo'yilishini 25mm gacha aniqlikda avtomatik o'lchash;
✓ o'lchash natijalarini avtomatik ravishda ichki yoki tashqi yodlash(xotira) moduliga yozish;
✓ nivelirlash yelkalarini (nivelirdan orqa va oldingi reykalargacha masofalar) tengligi va nisbiy balandlik o'lchash natijasini avtomatik tekshirib borish;
Dini22 Trimble (AQSh), raqamli nivelirining ishni bajarish panelining ko'rinishi
✓ o'lchash natijalarini avtomatik ishlab chiqib, nuqtalar balandligini tabloga chiqarish;
✓ o'lchangan ma'lumotlarni yozib saqlash uchun PCMCIA kartasidan foydalanish;
✓ asbobni boshqarish jarayoni qulayligi, shuningdek, undan foydalanishni o'zlashtirib olish osonligi.
Asosiy qism: Dini 11 va Dini 21 raqamli nivelirlar bilan 1km yo'lni to'g'ri va teskari yo'nalishlarda invar reyka orqali 0,3mm aniqlikda, oddiy buklama reyka qo'llab esa 1mm aniqlikda o'lchash mumkin. Bekatda turib 2,5m dan 100m gacha (1-shakl) masofadagi nuqtalar 4 daqiqa vaqtda o'lchanadi. Nivelirda o'rnatilgan
WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 632
kompensatorlarni ishlash chegarasi ± 151 ga teng. Asbobda gorizontal doira o'rnatilgan bo'lib, uning bo'lak qiymati l°ni tashkil qiladi.
min.
A 1/2 1/2 B 2.5 m
-< &
* *
- h J
1-shakl raqamli nivelirda o'lchash ishlari.
Nivelirda o'rnatilgan dastur alohida o'lchash, qayta o'lchash, o'rtadan va oldinga nivelirlash, rejalash ishlari va nivelir yo'llini tenglash kabi jarayonlarni bajarishini ta'minlaydi. Reykadan olingan sanoqlarni nivelir xotirasiga yozib saqlash yoki asbob displeyi(ekrani)dan o'qib jurnalga yozish mumkin.
2-shakl raqamli nivelirni joyga markazlashtirish.
Oxirgi yillarda Dini rusumli raqamli nivelirlar Trimble firmasi tomonidan Din 12, Dini 12 T va Dini 22 nomlanib ishlab chiqarilmoqda. Trimble Dini avtomatik raqamli nivelirlar oddiy va unumli ishlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ko'pincha balandlik asoslarini barpo etishda va injenerlik geodezik masalalarni yechishda qo'llaniladi.
Trimble Dini raqamli nivelirlarni afzalligi:
• katta ekran;
• asbob bilan ishlashda boshqarishni osonligi;
• o'lchangan ma'lumotlarni yozib, saqlash uchun RS kartalar;
• o'lchashlarni bajarishda vaqtni tejash;
• shtrix-kodli reykalarni tanlash imkonligi;
Dini 12 raqamli niveliri.
Yetarli aniqlikda masofani o'lchash qobiliyati nivelir yo'llarda oldi va orqa yelkalarni tez muddatda tenglash imkonini beradi. Bu esa yelkalarni maksimal uzunligini oshmasligi, shuningdek ishonchli natijalari bilan ta'minlashga va xatolar tarqalishini minimallashtirishiga sabab bo'ladi.
Ko'pincha joyning sharoiti va boshqa to'siqliklar tufayli nivelir reykalarning ko'p qismini ko'rish qiyin bo'ladi, lekin Dini nivelirlar bilan o'lchashlarni bajarish uchun faqat reykaning 30sm uzunligini ko'rinishi kifoya qiladi.
Dini 12 va Dini 12T nivelirlari yuqori aniqlikda nisbiy balandliklar va masofalarni esa aniq elektron o'lchashlar orqali bajarishga mo'ljallangan. Invar reykalar bilan o'lchashlarni bajarishda 1km ikkilangan nivelir yo'lda o'rta kvadratik xatosi bor yo'g'i 0,3mm ni tashkil qiladi, oddiy nivelir reykalar bilan ishlashda esa -1,0mm.
Dini 12T nivelirni qo'shimcha elektron gorizontal doira bilan jihozlangan. Ushbu nivelir bilan 3ta o'lchashlar turi: nisbiy balandlik, masofa va gorizontal burchaklarni bajarish mumkin. Burchaklar 6" aniqligi bilan o'lchanadi.
Dini 12 va Dini 12T nivelirlar yordamida nivelir yo'llarni o'tkazishda bevosita dalani o'zida ham o'lchash hamda tenglash ishlarini bajarish mumkin.
Dini 22 raqamli nivelir nisbiy balandliklarni o'lchanadigan va nazorat qiladigan injenerlar uchun mo'ljallangan.Ushbu nivelir bilan 1km ikkilangan nivelir yo'li uchun o'rta kvadratik xato buklanadigan reykalari bilan -1,3mm, invar reykalari bilan esa-0,7mm ni tashkil qiladi. Dini raqamli nivelirlarni qo'llash sohalari:
• nishabliklarni aniqlash va profillarni tuzish uchun tezkor nivelir yo'llarni o'tkazish;
• cho'kish zonalarni s'yomka qilish;
• temir yo'llar bo'ylab tezkor nivelir yo'llarni o'tkazish;
• avtomobil yo'llarni nivelirlash;
• uzanli s'yomkalarni bajarish;
• yuzani nivelirlash.
Trimble Dini(AQSh) va DNA (Shveysariya) raqamli nivelirlarni texnik tavsiflari 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Texnik tavsiflari Dini 12 Dini 22 DNA 03 DNA 10
O'lchash aniqligi (elektron o'lchashlar)
1. Nivelirlash:
1 km yo'lda o'rta kvadratik xato xatosi
- shtrix kodli invar reykalarida 0,3 mm 0,7mm 0,3 mm 0,9mm
- buklanadigan reykalarda 1,0 mm 1,3 mm 1,0 mm 1,5mm
2. Masofa (elektron o'lchashlar)
Nivelir rejimida (reykani 30 sm sigmenti bilan)
- shtrix-kodli invar reykalarda bilan 20 mm 25 mm
-buklanadigan reykalar bilan 25 mm 30 mm
3. Burchaklar
Tashqi belgilangan doira
- sanoqlar 1°gacha 1° gacha
- baholash 0,1° gacha 0,1° gacha
O'lchash diapazoni 1,5m-100m 1,5m-100m 1,8m-110m 1,8 - 110m
O'lchash vaqti 3 sek 3 sek 3 sek 3 sek
Ko'rish trubasining kattalashtirishi 32X 26X 24X 24X
Kompensator ishlash diapazoni 15 15 15 15
Diapozon o'rnatish aniqligi 0,2" 0,5" 0,2" 0,5" 0,5"
Displey 21 simvoldan 4 qator, grafik qobiliyati
Klaviatura 22 klavish, kontekstli funksional klavishalar
O'lchash dasturlari standartlari Bir necha o'lchashlar, oraliq vizirlash bilan yo'llarni o'tkazish, yuza nivelirlash. Balandliklarni joyga ko'chirish.
Ma'lumotlarni yozish xotirasi PCMCIA kartasi (SRAM) 2200 qator ma'lumot uchun o'rna- tilgan PCMCIA kartasi (SRAM)
Quvvatlash mansabi NiMH batareya kompreksi: 6 V, 1.1 Ach zaryadlanadigan, zaryadlash vaqti 1 soat
Batareyaning ishlash vaqti 3 kun 1 xafta 3 kun 1 xafta
Ishlash harorati -20° C dan +50° C dan
DNA 03 raqamli niveliri Avval joyda nivelirlanadigan trassa belgilanib, nivelirlashga tayyorlanadi. Kuriladigan inshootning turi va darajasiga qarab, texnikaviy talablarni va joy
WWW.OPENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 635 LMJ^^^H
sharoitini e'tiborga olgan xolda trassa o'rni (o'q chiziq) topografik kartalarda belgilanadi (loyihalanadi). Keyin loyihalangan inshootni joyga ko'chirish kerak bo'ladi. Kartada loyihalangan trassa asosiy nuktalarining o'rnini joyda belgilashda joy sharoitiga qarab syomka usullaridan foydalaniladi.
Trassa o'rnini belgilashda olib boriladigan dala ishlari trassalash deyiladi. Trassalashda quyidagi ishlar qilinadi:
a) Trassa uk chizigining yunalishi va burilishdagi burchak uchlari belgilanadi va maxkamlanadi.
b) burilish burchaklari kiymati ulchanadi.
v) Trassa o'q chizig'i o'lchanib piketlarga bo'linadi.
g) Trassa syomka qilinadi va aniqlash uchun chiziq qaytadan o'lchanadi. Bu ishlardan keyin nivelirlash boshlanadi.
Tafsilot xarakterli nuqtalarining o'rni o'q chiziqqa nisbatan perpendikulyar usuli bilan aniklanadi, piket va plyus nuktalar o'rni daftarchaga masshtab bo'yicha qo'yiladi va qiymatlari yoziladi.
Unda PK3+30, 00 da ko'ndalang chizik (poperechnik) olingan shiypon o'rni perpendikulyar usuli bilan syomka qilingani ko'rsatilgan. Yo'l o'q chiziq PK4+29,00 da o'ngga burilgan, burilish burchagi va egri chiziq elementlari ko'rsatilgan. Joydagi ekin turlari ham yozib qo'yilgan.
Yer sirti vertikal qirqimining kichraytirilgan masshtabda tasvirlanishi profil deyiladi. Profil ikki xil: bo'ylama va ko'ndalang bo'ladi. Nivelirlangan nuqtalar otmetkasi topilib, nivelirlash jurnali to'ldirilgandan keyin bo'ylama va ko'ndalang profil chiziladi. Buning uchun yo'lning uzunligini va tanlangan masshtabni ko'zda tutib ma'lum o'lchamda millimetrli masofalar so'zi vertikal chiziqdan chap tomonga yoziladi. Bosh chiziqlar kesishga nuqtadan 0-piket boshlanadi.
Zamonaviy optik lazerli nivelir Masofalar grafasidan jurnaldagi barcha nuqtalar o'rni tik chiziqlar yordamida belgilanadi. Avval piketlar belgilanib, chiziq tagiga ularning nomerlari yoziladi. So'ngra piketlar orasidagi qo'shma nuqtalar o'rni jurnalga ko'ra belgilanadi.
Xulosa: Hozirgi kundagi takomillashib borayotgan zamonaviy geodezik asboblar va shular qatori raqamli nivelirlar ham turli firmalarda, turlicha
imkoniyatlarga ega bo'lib ishlab chiqilmoqda. Bu raqamli nivelirlarning afzalliklari ham juda kop mutaxasis ishchiga vaqt jihatdan, moddiy tomonlama qilayliklarni taminlab beradi.
Raqamli nivelirlarni amaliy bajarilayotgan ishlarda mutaxasis o'lchash ishlaridagi hisoblashlarni avtomatik tarzda hisoblashi, avtomatik markazlashtirishlar barchasini zamonaviy nivelirning o'zi bajaradi mutaxasis faqat nivelirdagi funksional klavishlardan to'g'ri foydalanishni bilsa bo'ldi.