Raqobat va monopoliya. Narxlarning mohiyati va shakllanish xususiyatlari



Yüklə 401,37 Kb.
səhifə6/9
tarix18.11.2022
ölçüsü401,37 Kb.
#69730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Raqobat va monopoliya Narxlarning mohiyati va shakllanish xusus

Sun`iy monpoliyalar - ishlab chiqarish va kapitalning to`planishi hamda korxonalarning turli yo`llar bilan birlashtirish natijasida vujudga keladi.

  • Kartel – bir tarmoq korxonalarining ittifoqi bo`lib, uning ishtirokchilari to`liq iqtisodiy mustaqilligini saqlab qoladi, faqat ishlab chiqarish hajmi, sotish bozorlari va baholari to`g`risida kelishib oladi.

  • Sindikat – bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar birlashmasi bo`lib, uning a`zolari ishlab chiqarish sohasida mustaqilligini saqlab qoladi, mahsulot esa sindikat mulki sifatida sotiladi.

  • Trest – ishlab chiqarish vositalari va mahsulotga birgalikda egalik qiluvchi korxonalar guruhi bo`lib foyda qo`shilgan kapital hajmiga qarab taqsimlanadi.

  • Konsorsium – tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda amalga oshirish maqsadida birlashuvi .)

  • Konsern – rasmiy jihatdan mustaqil bo`lgan, ko`p tarmoqli korxonalar (sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalarning ) majmuini o`z ichga oluvch birlashma.


Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi. Bu siyosat o`z ifodasini antimonopol qonunlarida topadi.

AQSHning antimonopol qonunchiligi

  • Sherman qonuni (1890 yil) – unda ishlab chiqarish va savdoni cheklash maqsadida tuzilgan bitimlar noqonuniy deb hisoblanadi.

  • Kleyton qonuni (1914 yil) – iste`molchilarni narx orqali kamsitish, majburiy shartnomalar tuzish, raqobatchi korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni sotib olish taqiqlanadi .

  • Seller – Kefover qonuni (1950 yil) – bu qonunda Kleyton qonuniga o`zgartirish kiritilgan bo`lib, unda nafaqat raqobatchi korxonalarning zaiflashuviga olib keluvchi aksiyalarni balki ishlab chiqarish vositalarni sotib olish ham taqiqlanadi.



Yüklə 401,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin