4. Raqobat muhiti holatini baholash mezonlari va asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash usuli
1. Raqobat va raqobatbardoshlik tushunchalariga ilmiy yondoshuvlar
Har qanday korxona faoliyatining muvaffaqiyati uning bozorga chiqarayotgan tovarining raqobatbardoshligiga bog‘liqdir. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bugungi kunda raqobat va raqobatbardoshlik to‘g‘risida va unga berilgan ta’riflarni ko‘plab ilmiy ishlanmalarda uchratish mumkin. A.Marshal «Raqobat-qat’iy ravishda bir odamning ikkinchisi bilan biron narsani sotishda yoki sotib olishdagi o‘zaro musobaqalashuvidir» deb nisbat bergan edi.
U odam deganda bozorda uz ehtiyojini kondirish uchun harakat kilayotgan ratsional sub’ektni izoxlagan. Umuman, raqobat ta’rifiga uchta yo‘nalishda yondashish mumkin. Birinchi yondoshuvda, raqobat - bu bozordagi musobaqa deb qaralsa, ikkinchi yondoshuvda raqobat - talab va taklifni muvozanatlovchi bozor mexanizmining elementi kabi izohlanadi. Mazkur yondoshuv klassik iqtisodiy nazariyaga mansubdir. Uchinchi yondoshuv, zamonaviy bozor morfologiyasi nazariyasiga asoslangan bo‘lib, raqobat - bozor tarmoqlarining tilini aniqlaydigan mezon ekanligini e’tirof etadi.
Birinchi yondoshuv raqobatni qandaydir faoliyatda yaxshi natijalarga erishish uchun kurash tushunchasiga tayanadi. Raqobat qaysi jihatdan olib qaralmasin, uning asosida iqtisodiy sub’ektlarning o‘zaro kurashi yotadi. Shunga ko‘ra raqobatda ko‘plab ta’riflar berish mumkin. Ular quyidagi xo‘jalik sub’ektlari va tadbirkorlarning bir-birining imkoniyatlarini samarali cheklash orqali muayyan bozorda tovar aylanishining umumiy sharoitlariga ta’sir o‘tkazadigan, iste’molchi uchun zarur bo‘lgan tovarlarni yetkazib berishni raqbatlantiruvchi musobaqadir.

- raqobat monopol bo‘lmagan bozordagi kurash;
- ikki va undan ortiq xo‘jalik yurituvchi iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasidagi raqiblik yuqori ko‘rsatkichga erishish kabi yagona maqsadni ko‘zlagan holda raqibni siqib chiqishga yoki ularni quvib o‘tishga qaratilgan raqiblik.
- raqobat teng imkoniyatlarga ega bo‘lgan raqiblarning tadbirkorlar va uddaburon bo‘lgan tomonning iqtisodiy halol g‘alaba qilishi;