Rashidov G’ayratbek Akmal o’g’lining ishlab chiqarish amaliyoti daftari



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə1/8
tarix08.09.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#142084
  1   2   3   4   5   6   7   8
G\'ayrat hisobot


1-ilova

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK FAKULTETI



5231300 – “Byudjet nazorati va g’aznachiligi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi


3-kurs BNG – 80 guruh talabasi
Rashidov G’ayratbek Akmal o’g’lining


ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI


DAFTARI
Ilmiy rahbar: Abdurasulov M.
T oshkent – 2023
Reja:
Kirish.
1. Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limi haqida umumiy ma’lumot.
2. Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limi tomonidan foydalaniladigan asosiy normativ-huquqiy hujjatlar va ularga sharh.
3. Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limining funksiya va vazifalari.
4. Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limining na’munaviy tuzilmasi.
5. Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limining daromadlari va xarajatlari.
Xulosa
Foydalanilgan manbaalar
Ilovalar

Kirish.
Men Rashidov G’ayratbek Akmal o’g’li 2023-yil 29-maydan 2023-yil 15-iyulga qadar amaliyotimni Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limida o’tadim.
Amaliyotim davomida o’zlashtirgan nazariy bilimlarimni chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, kasb layoqati va ko’nikmalarini shakllantirishga harakat qildim.
Amaliyot davomida quyidagilarni o’rganishga harakat qildim:
- nazariy bilimlarimni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirdim;
- sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirdim;
- amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'plab, ulardan unumli foydalandim hamda tizimlashtirdim;
- amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qildim;
- amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlab, unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini yoritdim. Shuningdek, malakaviy amaliyot o’tash davrida Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmati bo’limining umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham ishtirok etdim.
Amaliyot o’tash davomida amaliyot o’tiladigan har bir ish o’rniga oid amaldagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar, ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari, zamonaviy veb-texnologiyalarni qo’llash asosida ishlab chiqilgan, avtomatlashtirilgan dasturlar bilan tanishib chiqdim.
Amaliyot davomida institut tomonidan berilgan dastur asosida har bir mavzuga oid amaliy ma’lumotlarni va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o’rganib, ularning asosiylarini hisobotimga ilova qilmoqdaman.
Amaliyotning ilk kunlaridan boshlab bo’limning tashkiliy tuzilmasi va xodimlar personali bilan tanishdim hamda muassasa faoliyatiga oid ilk bilim va ko’nikmalarni hosil qildim. Bo’lim xodimlari menga ichki intizom, xodimlarning ish faoliyati va jamoat ishlari to’g’risida qisqacha ma’lumot berdi.
Amaliyotni o’tash davrida u yerda o’rnatilgan ichki ish tartib-qoidalariga qat’iy rioya qildim. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanitariya qoidalariga rioya qildim. Biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda kasbiy ko’nikmalarni hosil qildim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim. Belgilangan amaliyot dasturiga muvofiq mazkur hisobotni tayyorladim.
Hisobot tarkibi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • kirish;

  • har bir bo’limda ko’rib chiqilishi lozim bo’lgan mavzular va savollar to’liq ochib berilgan amaliyot natijalari;

  • amaliy ma’lumotlar;

  • Moliya bo’limlari tomonidan foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;

  • kundalik (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo’yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlangan);

ilovalarni o’z ichiga olgan.

Bitiruvoldi malakaviy amaliyoti hisobotini tayyorlash hamda himoya qilish uchun tanlangan amaliyot obyekti to’g’risida umumiy ma’lumotlar (barcha rekvizitlari ko’rsatilgan holda)


Ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini tayyorlash hamda himoya qilish uchun amaliyot obyekti sifatida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi G’aznachiligining Sirdaryo tumani G’aznachilik xizmatlari bo’limi olingan. Amaliyot obyekti tuman miqyosidagi bo’linma bo’lganligi sababli yuridik shaxs maqomiga ega emas ammo O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya Vazirligi G’aznachiligining hududiy organi sifatida faoliyatini olib boradi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin