Rasulova Dilnozaning Zoologiya fanidan


Qo’lqanotlilar (Chiroptera) turkumi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə7/13
tarix13.06.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#129609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
20-22 Sut emizuvchilar

Qo’lqanotlilar (Chiroptera) turkumi sutemizuvchilarning havoda
uchib yurishga moslashgan birdan—bir guruhidir. Bularning uchish
organi — qanotlari oldingi oyoqning nihoyatda uzaygan barmoqlari,
yelka, yelka oldi, tanasining yon tomonlarini, keyingi oyog'i va dumini
tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. Qushlardagi
singari to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toj suyagi bo’lib,
unga qanotni harakatga keltiruvchi muskullar birikadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan, tunda faol hayot
kechiradigan 1000 dan ortiq turni o’z ichiga oladi. Ularning ko’zlari
yaxshi rivojlanmagan. Eshitish organiyaxshi rivojlangan va asosan aks
etgan ultratovushlarni qabul qiladi. Qo’lqanotlilar bizga eshitiladigan
odatdagi chiyillash tovushdan tashqari, ayrim impulslardan iborat 30000
dan 70000 gersgacha ultratovushlar chiqaradi. Impulslar tezligi
ko’rshapalakning biror buyumdan yoki ljasidan nechoglik narida
turganiga qarab o’zgaradi. Ko’rshapalaklar yakka yoki koloniya bo’lib
hayot kechiradi. Yil mavsumiga qarab o’rta mintaqada yashovchilari
migratsiya qilishadi. Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r va hasharotxo’r
ko’rshapalaklar kenja turkumlariga bo’linadi.
Mevaxo’r ko’rshapalaklar yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar
bo’lib, qanotlarini yoyganda 170 sm gacha yetadi. Afrika, Osiyo va
Avstraliyaning tropik mintaqalarida tarqalgan. Tishlarining chaynash
yuzalari yassilashgan va mevalar bilan ovqatlanishga moslashgan.
Hasharotxo’r ko’rshapalaklar birmuncha kichik, tishlarining uchi O’tkir,
quloq supralari katta bo’ladi. Markaziy Osiyo hududida taqaburun,mitti ko’rshapalak, shalpangquloq ko’rshapalak, quloqdor shomshapalak va
tunshapalak tarqalgan.
Kemiravchilar (Rodentia) turkumi vakiliari hozirgi zamonda yashab
turuvchi sutemizuvchilar orasida eng ko’p, ya'ni 2000 dan ortiq turlarni
o’z ichiga oladi. Ular juda keng tarqalgan, tuproq, yer ustida va
daraxtlarda yashaydi. Ularning kurak tishlari juda yirik, lekin ildizi
bo’lmaydi. Kurak tishlari o’sib turadi. Qoziq tishlari yo’q, shu sababli
kurak va oziq tishlari orasida tishsiz bo'shliq — diastoma bo’ladi.
Kemiruvchilar asosan simlik ildizi, Po’stlog'i, novdasi, bargi, doni va
maysasi bilan oziqlanadi.
Kemiruvchilar har yili bir necha marta va ko’p bola tug'adi. Bolalari
tez voyaga yetadi. Ko’pchilik kemiruvchilar qishloq xo’jaligi ekinlariga
(sichqon, dala sichqonlari, yumronqoziqlar) va g'amlab qo’yilgan oziq —
ovqat mahsulotlariga (sichqon, kalamushlar) jiddiy zarar yetkazadi. Ba'zi kemiruvchilar (sug'urlar, qumsichqonlar, kalamushlar) yuqumli kasalliklarni (masalan, o’lat) tarqatadi. Olmaxon, sug'ur, nutriya, ondatra ovlanadigan eng muhim mo’ynali hayvonlardan hisoblanadi. Kemiruvchilai va tovushqonsimonlar turlari: 1 — dumsiz qizil sichqon (pishchuxa), 2 — qum tovushqoni, 3 — olmaxon, 4 — jayra, 5 — yumronqoziq, 6 —qo’shoyoq, 7 — kengurusimon kalamush, 8 — nutriya 9— shinshilla.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin