Sutemizuvchilar sinfi 4000 ga yaqin turlarni o`z ichiga oladi va dastlabki darrandalar hamda haqiqiy darrandalar yoki tirik tug`uvchilar deb ataladigan ikki kenja sinfga bo`linadi. Dastlabki darrandalar Prototheria kenja sinfiga bir teshiklilar Monotremata turkumi kiradi. Ular sutemizuvchilar orasida eng soddasi hisoblanadi. Barcha bir teshiklilar sariq moddaga boy bo`lgan tuxum qo`yish yo`li bilan ko`payadi; ichak va siydik-tanosil teshiklari kloakaga ochiladi; sut so`rg`ichlari yo`q, sut bezlari maxsus tarnovchaga ochiladi, bolalari shu yerga chiqqan sutni yalaydi; tana harorati nisbatan past, 25-260C o`rtasida o`zgarib turadi; yumshoq lablari va tishlari bo`lmaydi. Bir teshiklilar turkumiga o`rdakburun, 2 ta tur yexidna va 3 ta tur proyexidna kiradi.
Bir teshiklilar faqat Avstraliya, Yangi Gvineya va Tasmaniyada tarqalgan. O`rdakburunning gavdasi qalin va yumshoq jun bilan qoplangan. Tumshug`i serbar yassi o`rdak tumshug`iga o`xshaydi. Voyaga yetgan o`rdakburunlarning jag`larida tishlari bo`lmaydi. Barmoqlari orasida suzgich pardasi bor. Daryo qirg`oqlaridagi kovaklarda yashaydi. Suvda yaxshi suzadi va suv hayvonlari bilan ovqatlanadi. Yexidna tashqi ko’rinishidan tipratikanlarga o’xshab ketadi, tanasining orqa va ikki yon tomoni uzun qillar—ignalar bilan qoplangan.
Avstraliyada tarqalgan. Proyexidna Yangi Gvineyada yashaydi, Yexidna
va proyexidna yerni kovlab, hasharotlarning hchinkasi bilan ovqatlanadi.