Raqobat shakllari: 1. Ishlab chiqaruvchi larning bozordagi mavqeiga ko`ra
Sof yoki erkin raqobat;
Sof monopoliya;
Monopolistik raqobat;
Oligopoliya.
2. Miqyosiga ko`ra:
Tarmoqlar ichidagi raqobat;
Tarmoqlar o`rtasidagi raqobat;
Millliy xo`jalik doirasidagi raqobat;
Jahon xo`jaligi doirasidagi raqobat.
3. Sodir bo`lish xarakteriga ko`ra
Tartibsiz (stixiyali) raqobat;
Tartibga solinadigan raqobat
4. Amalga oshirish usuliga ko`ra:
Narx vositasidagi raqobat;
Narxsiz raqobat.
5. Amalga oshirish yo`liga ko`ra:
Xalol raqobat;
G`irrom raqobat.
Narxning raqobat vositasi sifatida qo`llanish darajasiga qarab narx yordamidagi va narxsiz raqobat ajratiladi.
Raqobatlashishda g`ayrioddiy usullar (josuslik, qotillik, zo`ravonlik va h.k.) ning qo`llanish darajasiga ko`ra halol va g`irrom raqobat farqlanadi.
Raqobat usullari: Narx yordamida Narxsiz Narx vositasida raqobatlashishda ishlab chiqaruvchilar o`z tovarlarining narxini raqiblari tovarlari narxidan pasaytirish orqali iste`molchilarni og`dirib olish va bozordagi mavqeini mustahkamlashga harakat qiladi.
Narxsiz raqobatda raqobatlashish vositasi sifatida narxdan tashqari omillardan foydalanib tovar sotish hajmini ko`paytirib borishga harakat qilinadi.
Narx yordamida raqobatlashish: <> Bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoq (bozor) dan siqib chiqarish uchun tovarlariga narxlarini vaqti – vaqti bilan va uzoq muddat pasaytirib turadi.
Demping narxlarini qo`llash Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o`zlarining tovarlarini boshqa mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollard tan narxdan ham past bo`lgan narxlarga chiqaradi.