5-rasm.Rossiya markaziy banki asosiy stavkalari va yillik inflatsiya darajalari.(2013-2023-yy.) Yuqoridagi rasmdan ma’lumki, Rossiyada inflatsiya darajasi 2022-yil 17,83%ni tashkil etgan va bu ko’rsatgich 10 yillik tarixidagi eng yuqori nuqta hisoblanadi. To’g’ri tanlangan strategiya va olib borilgan islohatlar natijasida bu korsatgich hozirgi kunda 2% atrofida tebranmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2022-yilda Rossiya iqtisodiyoti 3,4 foizga qisqarishini prognoz qilgan edi. Rossiya Federal statistika xizmati o‘tgan yilda mamlakat iqtisodiyoti 2,1 foizga qisqarganini ma’lum qildi. Kollektiv G‘arb sanksiyalari ostida Rossiya moliya va bank sektori jiddiy bosimga uchradi. Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina o‘tgan yil noyabr oyida G‘arb sanksiyalarining Rossiya va jahon iqtisodiyotiga ta’siri muqarrar ekanligini ta’kidlagan edi.
Ikkinchi bob bo’yicha xulosa.Bu bobda mamlakatimiz iqtisodiyotining amaldagi holatini tahlil qigan holda shun day xulosaga keldikki, mamlakatimizda yuqori sur’atlarda olib borilayotgan siyosatga qaramasdan iqtisodiyotimiz bir qancha kamchiliklardan holi emas. Quyidagilar shular jumlasidandir:
a) Mamlakatimizda tijorat veksellari muomalasi mavjud bо‘lmaganligi sababli Markaziy bankning diskont operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatining yо‘qligi.
b) Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyotini takomillashmaganligi, overnayt, overdraft krediti kabi qayta moliyalash kreditlari berilishini mavjud emasligi
c) Ochiq bozor operatsiyalarining takomillashmaganligi shular jumlasidandir.
Shunisi xarakterliki, respublikamizda iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining kredit ekspansiyasi o’rtasida ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki, bir tomondan, tijorat banklari kredit ekspansiyasi ko’lamining keng emasligi (kreditlarning YaIMga nisbatan darajasi bilan o’lchanadi) iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga to’sqinlik qilsa, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski darajasining yuqori bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Buning sababi shundaki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan etkazib berilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar haqini o’z vaqtida to’lanmasligi ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Shuningdek, Markaziy bankning depozit siyosati qayta moliyalash va ochiq bozor siyosatlari bilan uyg’unlikda olib borilsa katta samara berishi mumkin. Ammo respublikamizda mazkur instrumentlar o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlashning hozircha imkoni yo’q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. Buning ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga oshirilmayapti.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul mablag’laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag’laridan muomaladagi pul massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti daromadlarini kelib tushish vaqti bilan byudjet xarajatlarini moliyalashtirish vaqti o’rtasidagi farq tufayli ma’lum miqdordagi pul mablag’larini to’planishi yuz beradi. Markaziy bank ana shu pul mablag’laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy banki, ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag’lari muomaladagi pul massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb ataladi.