(2023-yil boshi ma’lumotlari asosida, foizda) 34
Mamlakatlar
|
Markaziy bankning tayanch stavkasi
|
Tijorat banklarining qisqa muddatli kreditlarining foiz stavkasi
|
Federal zaxira tizimi
|
4,75
|
4,8
|
Yevropa Markaziy banki
|
3,5
|
3,75
|
Jadval ma’lumotlaridan kо‘rinadiki, AQSH FZTning tayanch stavkasi 0,25 foizga teng, YEMB esa, umuman nollik stavka qо‘llamoqda. О‘z navbatida, Markaziy banklarning tayanch foiz stavkalarining past ekanligi tijorat banklari tomonidan beriladigan qisqa muddatli kreditlarning foiz stavkalarini past bо‘lishiga sabab bо‘lmoqda.
EastAsiaForum nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, FZT foiz stavkalari oshgani sayin, yuqori daromad olish uchun rivojlanayotgan bozorlarga sarmoya kiritganlar soni kamayadi. Bu Qo‘shma Shtatlarga katta miqdordagi kapital oqimi kirib borishi va rivojlanayotgan mamlakatlardan kapitalning chiqib ketishi bilan izohlanadi. Teng taqsimotli qattiqroq ichki pul-kredit siyosatisiz, qarz olish xarajatlarining oshishi tashqi zahiralarni tugatadi, dollar kursini oshiradi va AQSh dollarida biriktirilgan sof majburiyatlarga ega bo‘lgan davlatlar uchun balans yo‘qotishlariga olib keladi. 2021-yilda Markaziy bank kelgusi uch yilda
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga ko‘ra, 2023-yildagi global o‘sishga asosan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlaridagi iqtisodiy o‘sish hisobiga erishiladi. AQSh va Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti sekinlashayotgan bir paytda global o‘sishning to‘rtdan uch qismi aynan rivojlanayotgan Osiyo mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. 2022-yilning oktabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasi yillik global inflyatsiya ko‘rsatkichi 2021-yildagi 4,7 foizdan 2022-yil yakuniga kelib 8,8 foizgacha o‘sishi va 2023-yilda 6,5 foizgacha pasayishini prognoz qilgan edi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mazkur ko‘rsatkichni 9,4 foiz (2023-yilda — 6,6 foiz) deb baholadi. 2022-yilda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida ikki xonali, Venesuela, Sudan, Zimbabve, Turkiya va Argentina singari davlatlarda uch xonali inflyatsiya ko‘rsatkichi qayd etildi. Eng birlamchi va doimiy ehtiyojlarni qondirishga mo‘ljallangan tovarlar — oziq-ovqat va uy-joy narxlari pandemiyadan oldingi davrdayoq ko‘tarila boshlagan edi. Ukrainadagi urush oqibatida energiya va oziq-ovqat bozoridagi taklif hamda ta’minot va qiymat zanjirlaridagi uzilishlarning vujudga kelishi mavjud inflyatsiyani yanada tezlashtirdi. Ta’kidlash joizki, Rossiya va Ukraina iqtisodiyoti ko‘lami jihatidan global iqtisodiyotda yirik ulushga ega bo‘lmasa-da (2022-yilda mos ravishda 3,2 foiz va 0,3 foiz), har ikkala mamlakat jahon bozorida energiya va asosiy oziq-ovqat tovarlari ta’minotida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, Ukrainadagi urush energiya va oziq-ovqat bozorida qisqa muddatda jiddiy shoklarni keltirib chiqardi.
Ukrainadagi urush energiya narxlarining 1970-yillardagi neft inqirozidan beri kuzatilmagan sur’atlarda o‘sishiga olib keldi. Jahon banki mutaxassislarining ma’lum qilishicha, 2023-yilda energiya narxlari o‘rtachadan 46 foiz yuqori darajada saqlanib qolishi kutilmoqda. OECD prognozlariga ko‘ra, energiya narxlarining o‘sishda davom etishi 2023-yilda global YAIMda 0,5 foiz yo‘qotishga va global inflyatsiyaning 0,7 foizga yuqoriroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti Oziq-ovqat narxlari indeksi 2022-yilda 14,7 foizga o‘sdi va so‘nggi 30 yil ichidagi rekord darajasini qayd etdi. Jahon bankiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ichki bozorlarda oziq-ovqat narxlari inflyatsiyasi yuqoriligicha qolmoqda. 2022-yilning oktabridan 2023-yilning yanvarigacha bo‘lgan oxirgi oylardagi oziq-ovqat narxlari inflyatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar deyarli barcha past va o‘rta daromadli mamlakatlar yuqori darajadagi inflyatsiyani boshdan kechirayotganligini ko‘rsatadi. Oziq-ovqat narxlari o‘sishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mintaqalar qatorida Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Janubiy Osiyo, Yevropa va Markaziy Osiyo sanab o‘tilgan.
Energoresurslar va oziq-ovqat narxlari rekord darajada o‘sishi ortidan chuqurlasha boshlagan yashash xarajatlari inqirozi Jahon iqtisodiy forumining global xavf-xatarlarga bag‘ishlangan tadqiqotiga ko‘ra 2023-yil va kelgusi ikki yilda eng og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan global risk sifatida baholandi. Yashash xarajatlari inqirozi oqibatida aholining eng zaif qatlamlari birlamchi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin. Xususan, inflyatsiyaning yuqori sur’atlarda o‘sishi pensiya yoshidagi aholi qatlamiga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. Qolaversa, oziq-ovqat, energiya va uy-joy narxlarining o‘sishi aholining real daromadlarini pasaytirib, eng birlamchi ehtiyojlar uchun sarf-xarajatlar o‘rtasida tanlov qilish zarurati oldida tang qoldirishi, natijada jamiyatda salomatlik va farovonlik darajasi pasayib ketishi mumkin. Qayd etish joizki, narxlarning rekord darajada o‘sishi ortidan oziq-ovqat xavfsizligi, energiya xavfsizligi va diversifikatsiyasi kun tartibiga chiqdi.
Biroq, hukumatlarning bu boradagi chora-tadbirlari aks ta’sirlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, 2022-yil dekabr holatiga 30 dan ortiq davlatlar bir qator asosiy oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga turli darajadagi cheklovlarni o‘rnatgan. Bu, o‘z navbatida, global bozorda narxlar shakllanishiga muayyan darajadagi bosimlarni keltirib chiqaradi. Ukrainada davom etayotgan urushning bahorgi ekish mavsumiga potensial ta’siri ham global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan omillardan biri sifatida qayd etilmoqda. Shuningdek, qator mamlakatlar energiya xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘mir va boshqa qazib olinadigan yoqilg‘i turlariga qaytishga majbur bo‘lmoqda.
2022-yilda global miqyosda gumanitar inqiroz sezilarli darajada chuqurlashdi. Yilning birinchi yarmidayoq dunyo bo‘ylab turli ta’qiblar, nizolar, zo‘ravonliklar, inson huquqlari buzilishi yoki siyosiy tartibsizliklar oqibatida o‘z vatanini tark etgan, shuningdek, o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan, biroq o‘z vatanida yashashni davom ettirayotganlar soni 100 milliondan oshib ketgan edi. BMTning ma’lum qilishicha, 2022-yilda insonparvarlik yordami va himoyaga muhtoj insonlar soni 274 millionni (2021-yilda — 235 million) tashkil etdi. WEF hisob-kitoblariga ko‘ra, insonparvarlik yordamiga muhtoj bo‘lgan kishilar soni 2023-yilda 340 millionga еtishi kutilmoqda. Jahon banki urush oqibatida Ukraina iqtisodiyotining 2022-yildagi potensial qisqarishini 35 foizga baholadi. Bundan tashqari, mamlakatda ishlab chiqarish quvvatlari to‘xtadi yoki vayron qilindi, qishloq xo‘jaligi еrlari jiddiy zarar ko‘rdi, ishchi kuchi, shu jumladan, inqirozdan qayta tiklanish uchun zarur bo‘lgan inson kapitali yo‘qotildi. Raketa hujumlari mamlakatdagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan infrastruktura hamda ijtimoiy obyektlarga jiddiy zarar еtkazdi. Natijada mahalliy aholi birlamchi ehtiyojlar uchun zarur xizmatlar, shu jumladan, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotidan uzilib qoldi. Ukrainada harbiy harakatlar oqibatida infratuzilmaga еtkazilgan zarar 113,5 mlrd dollarga baholanmoqda.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainadagi urush natijasida 18,8 mingdan ziyod tinch aholi vakillari jabr ko‘rgan, shundan 11,6 mingdan ortig‘i jarohatlangan, salkam 7,2 ming kishi halok bo‘lgan (2023-yil, 6-fevral holatiga). Bu rasman tasdiqlangan raqamlar bo‘lib, haqiqiy yo‘qotishlar bundan ko‘proq bo‘lish ehtimoli yuqori. Jahon bankiga ko‘ra, mamlakatda ijtimoiy, ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini qayta tiklash va ta’mirlash uchun kamida 349 mlrd dollar — 2021-yilgi Ukraina YAIMidan bir yarim barobar ko‘proq — mablag‘ talab qilinadi. Ayni paytda, hozirgi kunga qadar mamlakatga dunyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan 54 mlrd dollarlik harbiy, moliyaviy hamda insonparvarlik yordami ko‘rsatilgan.
Rossiya Ukraina hududiga bostirib kirganining dastlabki kunlaridan boshlab AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va qator Yevropa davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar kirita boshladi. Sanksiyalar asosan Rossiya moliya tizimiga zarba berishga qaratilgan bo‘lib, jumladan, Rossiyaning Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanadadagi aktivlarini muzlatish, bir qator rus banklarini xalqaro SWIFT tizimidan uzib qo‘yish, tashqi qarz mablag‘larini jalb qilishga cheklov o‘rnatish, bir so‘z bilan aytganda, urushning moliyalashtirish manbasiga aylanishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslarni imkon qadar cheklashni ko‘zladi. Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, dunyoda еtakchi va nufuzli xalqaro kompaniyalarning aksariyati, Ukrainadagi urushga qarshi pozitsiyasini namoyish etish yoki sanksiyalarga tushib qolish riskidan o‘zini himoyalash maqsadida, Rossiya hududida o‘z faoliyatini vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtatib, birin-ketin mamlakat bozorini tark etdi35.
Dostları ilə paylaş: |