1.3 Organik kimyo fanidan qo’llaniluvchi dasturlar bilan ishlash Ayrim organik moddalarni olish va ularni xossalarinio’rganish
To’yingan uglevodorodlar va ularning xossalari bilan tanishish
Mavzu: Metanni olinishi va uning xossalari bilantanishish
Kerakli jihoz va reaktivlar:Bromli suv, KMnO4 kaliy permanganat 0,1M eritmasi, Natriy atsetat, NaOH, gugurt, gaz garelkasi yoki urotrapin (quruq spirt),
probirka, gaz o’tkazgich nay, farforli idish, shpatel, shisha tayoqcha, shtativ.
Ishning borishi:
Farforli idishni oling, quruq natriy atsetat tuzi va natriy gidroksidni solib aralashtring.
Aralashmani probirkaga soling.
Probirkani og’zini gaz o’tkazgichli nayli tiqin bilan germetik ravishda berkiting va shtativga o’rnating
Asta sekinlik bilan aralashmani (gaz garelkasi yoki urotrapin (quruq spirt) qizdiring.
Gaz ajralib chiqayotganini kuzatasiz.
Laboratoriya jurnaliga sodir bo’layotgan jarayonning reaksiya tenglamasini yozing.
Probirkadagi moddalarga ajralib chiqayotgan gazni yuboring. Sodir bo’layotgan hodisani kuzating. Nega bromli suv va kaliy permanganate eritmasi rangsizlanmadi.
Ajralib chiqayotgan gazni probirkaga yig’ing va yig’ilgan gazni yoqing. Gazli tiqinning uchiga gugurt alangasini yaqinlashtiring yonayotgan gazning alangasini kuzating.
Laboratoriya jurnaliga sodir bo’lgan jarayonlarni yozing, reaksiya tenglamalarini tuzing.