O’qituvchi: yangi pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirish, dars jarayoniga tadbiq etish, takomillshtirish.O’z ustida ishlash, pedagogik mahoratini oshirish.
O’qituvchi: texnologik xarita bilan mustaqil ishlashni o’rganadi. Shu mavzu asosida hunarmand- ustalar haqida qo’shimcha materiallar bilan tanishib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi. o’zining va guruh fikrini tahlil qilib, bir echimga kelish masalasini hosil qiladi
Mashg’uot bosqichlari
1
Tashkiliy qism a) salomlashish,
b) davomatni aniqlash,
v) o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish,
g) guruhlarga bo`lish.har bir guruh o`ziga nom tanlasi yoki o`qituvchi tomonidan oldindan guruhlar nomini yozib qo`yish ham mumkin. Umumiy holda o`qituvchi o`quvchilarni guruhlarga bo`lish vaqtida bevosita o`quvchilarning psixo-fiziologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.
5
2
O`tilgan mavzuni mustahkamlash “Videotopishmoq” metodi o`quvchilar e`tiboriga “Yog‘och o‘ymakorligi” san`ati bo`yicha uning mohiytini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir necha videolavha namoyish etiladi;
- o`quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydilar;
- jarayonlarning mohiytini daftarlariga qayd etadilar;
- o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob beradilar.
10
3
Yangi mavzu bayoni: Hamkorlikda o`qitish texnologiysi “Arra” metodi. Bu metodga asoslangan darsning asosiy xususiyati, o`quv materiali 3 qismga ajratiladi. Har qism uchun o`quv topshiriqlari tuziladi. O`quvchilar soniga teng bo`linib, 3 ta kichik guruhlarga ajratiladi va ular yangi mavzuning bir qismini o`rganib “mutaxassislar”ga aylanadi. Keyin o`quvchilar qayta guruhlanadi va har bir guruhda mavzuning har bir qismi bo`yicha “mutaxassis” bo`lishi shart. Keyingi guruh “mutaxassislar uchrashuvi” guruhi deb ataladi va har bir “mutaxassis” o`zi o`rgangan qismni guruh a`zolariga tushuntiradi. Yangi mavzu shu guruhda yaxlit holda qayta ishlanadi.
15
4
Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash. Tarqatma materiallar tarqatilib, o`quvchilar bilimi mustaxkamlanadi.
10
5
Amaliy mashg`ulot: o`quvchilar texnologik xarita bilan ishlash va yog`ochdan “Qoshiqcha” yasash.
35
6
Amaliy mashg`ulot yuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash va baholash