219
Yopiq kalitlarni o’zingizda olib qoling va ochiq kalitlarni o’zaro
almashining;
Yopiq kalit bilan tanishingizga jo’natilayotgan xatga elektron imzo
qo’ying va xatni elektron imzo bilan birgalikda do’stingizga
jo’nating;
Elektron imzo bilan ta’minlangan ma’lumotni olgandan so’ng,
do’stingiz sizning ochiq kalitingiz yordamida bu xatning
xaqiqiyligini tekshiradi;
Tekshirish natijasi ikki javobdan biri – to’g’ri yoki noto’g’ri bo’ladi;
Shunday qilib, elektron imzo ma’lumotning haqiqiyligini aniqlab
beradi;
Agarda ma’lumot uzatish jarayonida unga biror bir o’zgartirishlar
kiritilgan bo’lsa, bu ish darxol ma’lum bo’ladi;
Elektron imzoning yana bir muhim jihati – ma’lumot muallifining
tasdiqlanishidir. Ko’pincha elektorn raqamli imzo fayliga kalit bilan
birga uning egasi ismi-sharifi, ish joyi, elektron imzoning amal qilish
muddati kabilar ham yozib qo’yiladi. Ma’lumot yoki xujjat ostidagi
imzoga esa mahfiy kalitdagi ma’lumotlar nushalanadi – bu esa o’z
navbatida mualliflikni aniqlashga imkon beradi. Demak, ochiq kalitni
kim jo’natgani haqidagi ma’lumotlarni yodda saqlash talab
qilinmaydi. Bu juda ham muhim, chunki sizda bir qancha
insonlarning ochiq kalitlari bo’lishi mumkin.
Ammo yopiq kalitni juda ham mahfiy ravishda saqlashingiz talab
etiladi – chunki biror bir kimsa uni bilib qolsa, u sizning elektron imzoingizni
qalbakilashtirib, xujjatlarga imzo qo’yishi mumkin. Agarda kalitingizni
yo’qotib qo’ysangiz, albatta zudlik bilan kerakli bo’lgan chora-tadbirlarni
ko’ring. Va eng avvalo, bu ma’lumotni o’z potentsiyal adresatlaringizga
tezda yetkazing – “
Dostları ilə paylaş: