253
tushirilganida avtomotik ravishda ishga tushadilar va bilintirmagan xolda o’z
ishlarini boshlaydilar;
Kompyuteringizning internetga ulanish seansida kompyuteringizda nimalar ro’y
berayotganiga aloxida e’tibor qarating. Agarda siz internetda xech qanday ish olib
bormayotganingizga qaramay, ma’lumot uzatish indikatorining ma’lumot
uzatilayotganini ko’rsatishi viruslar ishga tushganini anglatadi. Bunda siz darxol
aloqani to’xtatib, kompyuteringizni antivirus dastur yordamida tekshirib chiqing.
Tashki modemning chiroqchasi o’chib-yonishi yoki masalalar panelidagi
kompyuterlarning ulanganini ko’rsatuvchi belgichaning ko’rinib turishi tarmoq
bilan aktiv ish olib borilayotganini ko’rsatadi.
2. Muloqot vositalari, telekonferentsiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va yangilik
guruxlari orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari.
Internetda viruslar eng ko’p miqdorda uchraydigan joy - turli xildagi
yangilik guruxlari, ijtimoiy tarmoqlar va telekonferentsiyalar mavjud bo’lgan
internet resurslarihisoblanadi. Boshqacha suzlar bilan aytganda, yangiliklar fayllar
olishning eng ishonchsiz usuli bo’lib, himoya ma’nosida ularndan juda extiyot
bo’lmoq lozim. Shuning uchun xam yangiliklardan faqatgina kerakli ma’lumotlarni
olish va bilish uchungina foydalaning. Ulardan tekin dasturlar olish uchun
foydalanish achinarli natijalarga olib kelishi mumkin. Yangiliklar guruxlarida
ishlaganda o’zaro aloqa vositasi xuddi elektron pochta singari bo’lgani uchun
yuqoridagi tavsiyalarga og’ishmay rioya qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo bunday
avtomat dasturlarni osonlik bilan aldab ketish mumkin. Masalan, unga quyidagicha
qilibqandaydir ajralib turgan kism kiriting:
Dostları ilə paylaş: